Internetda 8 mart kunidan magnit böronlari boşlanişi, 25 martga qadar 3-4 ball atrofida kuzatiladigan geomagnit tebranişlari 26 mart kuniga kelib, xavfli 7 ballga yetişi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Kun.uz bu xabarlarning haqiqatga qançalik yaqinligi va magnit böronlarining oqibatlari bilan qiziqdi.
Bu fikrlar qançalik asosli?
"Özgidromet" xodimi Erkin Abdulahadovning Kun.uz'ga ma’lumot berişiça, magnit böroni prognozi teleskoplar va kosmik yöldoş ma’lumotlarini tahlil qilişga asoslangan. Şu bilan birga, quyoş tojining mavjud paytdagi real holati, quyoş fotosferasidagi jarayonlar çuqur tahlil qilinadi. Eng aniq prognozlar keyingi ikki kunlik davr uçun işlab çiqiladi.
Magnit böronlari haqida ma’lumot beruvçi xalqaro platformalarda ham faqat 3 kunlik taxminiy körsatkiçlar berilayotganini köriş mumkin.



Bundan xulosalaş mumkinki, magnit tebranişlari özgarişlari böyiça oylik prognozlar özini oqlamaydi va haqiqatdan uzoqroq bölişi mumkin.
Magnit böronlarining salbiy ta’sirlari
Magnit böronlarining 5-6 balldan yuqori bölgan va xavfli sanaladigan darajalari nimalarga olib keladi? Erkin Abdulahadovga köra, inson salomatligidagi salbiy özgarişlardan taşqari, yuqori kuçga ega magnit maydonlari elektr ta’minoti, telefon aloqasi, televideniye, internet, GPS-navigator tizimlaridagi uzilişlarga ham sabab bölişi mumkin.
Şuningdek, tez özgaruvçan magnit maydonlar suv va gaz hisoblagiçlarining notöğri işlaşiga, quvurlarning tez korroziyaga uçraşiga va hatto insonlar hamda sutemizuvçilarning radiatsiyadan zararlanişiga ham olib kelişi ehtimoli ham yöq emas.







