Quyoşda kuçli çaqnaş sodir böldi, u joriy yildagi eng kuçlisidir, dedi Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti quyoş astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogaçyov.

Uning aytişiça, Quyoşda sönggi bir yarim oy içida birinçi marta maksimal X sinfidagi çaqnaş sodir bölgan.

«Hozir Quyoşda X-sinfidagi ikkinçi çaqnaş sodir böldi, uning kuçi X2.7 ball. Bu joriy yildagi eng yirik çaqnaş», dedi Bogaçyov.

Mutaxassisning aniqlik kiritişiça, çaqnaş avvalgi hududlarda emas, balki qarama-qarşi tomonda sodir bölgan. Olimning fikriça, bu yulduz miqyosidagi faollikning tizimli ösişidan dalolat berişi mumkin.

«Çaqnaş hududi Quyoş-Yer çiziğidan taxminan 70 daraja uzoqlikda joylaşgan. Bu xavfsiz joy hisoblanadi, ammo katta massa otilişi sodir bölgan taqdirda, sayyoraga zarba berilişi mumkin - taxminan juma kuni», dedi laboratoriya rahbari.

Quyoş çaqnaşi radiatsiya kuçiga qarab beşta sinfga bölinadi - A, B, C, M va X. Keyingi harfga ötişda quvvat 10 barobar ortadi. Eng kam e’tiborga sazovor bölgani A sinfidagi çaqnaşdir.

Quyoşdagi çaqnaşlar Yerda magnit böronlarini yuzaga keltiradi.