Özbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli kuçlar oliy boş qömondoni Şavkat Mirziyoyev Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugi «Termiz» dala öquv maydonida Mudofaa vazirligi qöşinlarining brigada taktik öquvini kuzatdi.
«Sönggi yillarda Qurolli kuçlarimiz tubdan isloh qilinib, qöşin turlarining qöllaniş taktikasi va strategiyasi takomillaştirildi. Bölinmalarning hamkorligini taşkil etiş, jangovar harakatlar va operatsiyalarni uçuvçisiz uçiş apparatlari, aviatsiya va artilleriya imkoniyatlaridan kengroq foydalangan holda olib borişning zamonaviy tajribasi amaliyotga joriy etildi.
Xususan, bu jarayon guruh, vzvod va brigada taktik öquvlarida topşiriqlarni minimal yöqotişlar bilan bajariş, qurol-yaroğ va harbiy texnikaning eng zamonaviy namunalarini qöllaş, aviatsiya yordamida umumqöşin bölinmalariga madad beriş, ötiş qiyin bölgan toğli va çöl hududlarida, şahar şaroitlaridagi maxsus operatsiyalar, bölinmalarni evakuatsiya qiliş kabi maşqlarda öz aksini topmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Uşbu maşğulotlar jahonda kuzatilayotgan harbiy harakatlar xususiyatidan kelib çiqqan holda ötkazildi.






Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni dala öquv maydonida harbiy xizmatçilar bilan olib borilayotgan 20 dan ortiq öquv joylaridagi jangovar tayyorgarlik maşğulotlari bilan tanişdi. Şuningdek, dala şaroitida mobil texnik-ta’mirlaş zavodining imkoniyatlari, qömondonlik boşqaruv punkti faoliyati közdan keçirildi.
Prezident taşabbusi bilan söngi olti yil davomida Mudofaa tizimidagi barça dala öquv maydonlari, harbiy qism va muassasalarda xalqaro talablar asosida quriliş va ta’mirlaş, zamonaviy vositalar bilan jihozlaş işlari olib borildi.


















