Navoiy viloyatining Nurota tumanida «Centob» turizm qişloğining oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Madaniyat va turizm vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligi mutasaddilari, Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev, Tojikistonning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Abdujabbor Aziz Rahmonzoda hamda tuman faollari iştirok etişdi.

«Viloyatimizda turizm sohasini rivojlantiriş böyiça köplab işlar amalga oşirib kelinmoqda, xususan, Sentob qişloğini «turizm qişloği»ga aylantiriş yölida 200 ga yaqin işsiz aholi, jumladan xotin-qizlar doimiy iş örinlariga ega böldi. Bugungi kunda qişloqda 30 dan ortiq tadbirkorlik sub’yekti mavjud. Sentob qişloğiga muntazam ravişda Angliya, Fransiya, Avstriya, Rossiya va boşqa davlatlardan xorijiy sayyohlar oqimi kuzatilmoqda», dedi tadbirni oçib bergan Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev.

Şuningdek, tadbirda Madaniyat va turizm vazirligi vakili Lola Rahmonboyeva sözga çiqib, davlat rahbari tomonidan turizm sohasiga qaratilayotgan e’tibor, sayyohlikni rivojlantiriş yölida amalga oşirilayotgan islohotlar va turizm qişloqlarining soha rivojidagi örni haqida söz yuritdi.

Vazirlik boşqarma boşliği örinbosari Lola Zakirlayeva turizm qişloqlarining soha rivojidagi örni, ularda oilaviy mehmon uylari faoliyatini taşkil qiliş jarayoniga alohida töxtalib ötdi.

«Madaniyat va turizm vazirligi hamda uning Navoiy viloyatidagi bölinmasi taşabbusi bilan Sentob qişloğida bugunga kelib 20 ta oilaviy mehmon uyi va 3 ta hostel faoliyat körsatmoqda. Ularga belgilangan standartlar asosida mehmon uylari nomi tuşirilgan körsatkiçlar örnatildi. Ayni damda turizm qişloğida 15 dan ortiq turistik xizmat yölga qöyilgan», deydi u.

Şundan söng Madaniyat va turizm vazirligi mutasaddilari tomonidan Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyevga Sentob – turizm qişloği ekanligini rasman tasdiqlovçi sertifikat va taşakkurnoma topşirildi. Şu bilan birga, «Sento» MFY raisi Murod Mirzoyev ham taşakkurnoma bilan taqdirlandi.