Tadbirda Mudofaa vazirligi ofitserlari, Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari, öqituvçi va professorlar, harbiy xizmatçilar, hokimiyat va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Sportçilar, faxriy harbiylar, tadbirkor va huquqşunoslar sözga çiqib, yiğilganlarni 30 aprelda bölib ötadigan referendumda faol iştirok etişga çaqirdi.


Jumladan, “Heavenʼs garden” mehmonxonasi ta’sisçisi, tadbirkor Abdurasul Abuxalilov konstitutsiyaviy özgarişlarning işbilarmonlik muhitini rivojlantirişdagi ahamiyati haqida töxtaldi:
“Zaxiradagi ofitserman. Hozirda tadbirkorlik bilan şuğullanaman, “Heavenʼs garden” mehmonxonasi ta’sisçisiman. Boşida 10 ta odam bilan iş boşlaganman, hozir esa işçilar soni 1 500 nafarga yetgan.
Bugun bizneslarimizni kengaytirişga qörqayotganimiz yöq. Aksinça, davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar, kafolatlar bizni yanada ruhlantiryapti. Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 67-moddasida davlat qulay investitsion va işbilarmonlik muhitini ta’minlaydi, deb belgilangan. Bu narsa bizni va çet ellik investorlarni yana ham köproq investitsiya qilişga, yangi iş örinlari yaratişga çorlaydi. Men va menga öxşagan tadbirkorlar referendumda qatnaşamiz. Bir narsani aniq köryapman: yangi konstitutsiya biz kabi tadbirkorlarning qalqoni böladi”.
Şuningdek, tarğibot tadbirida sportning armrestling turi böyiça Özbekiston va 6 karra Osiyo çempioni Aziz Tojiyev iştirok etib, tengdoşlarini konstitutsiyaviy qonun loyihasini qöllab-quvvatlaşga çorladi.
“Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 48-moddasi köpçilik sportçilar qatori meni ham xursand qildi. Bu moddada davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş uçun şart-şaroitlar yaratişi belgilab qöyildi. Yaqinda Dubay şahrida ötkaziladigan Osiyo çempionatida iştirok etaman. Mazkur musobaqada ham ğolib bölib, yurtimizga yoruğ yuz bilan qaytaman hamda 30 aprel kuni referendumda qatnaşaman. Özimning kelajagimga befarq emasman”, — dedi Aziz Tojiyev.

Tarğibot tadbiri davomida san’atkorlar iştirokida konsert dasturi ham namoyiş etildi.












