Qarşi tumanidagi “Omad START” korxonasida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya özimizniki!” şiori ostida tarğibot tadbiri ötkazildi.

Unda jamoat arboblari, madaniyat va san’at sohasi xodimlari, faol xotin-qizlar, iqtidorli yoşlar qatnaşdi.

Tadbirda sözga çiqqanlar yangilanayotgan Konstitutsiyaning insonlar hayotida tutgan örni, unga kiritilayotgan yangi qöşimçalar va ularning ahamiyati haqida gapirdi. Şuningdek, xalqimizni 30 aprel kuni ötkazilişi kutilayotgan referendumda faol iştirok etişga da’vat qildi.

Tadbirda yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgarişlar, xususan, xotin-qizlar, oila va yoşlar masalalariga oid takliflar köproq e’tirof etildi.

“Bir neça yillardan buyon rahbarlik lavozimlarida işlab kelyapman. Joylarda xotin-qizlar bilan deyarli har kuni muloqotda bölişimga töğri keladi. Qaşqadaryo misolida aytadigan bölsam, bizda qizlarning oliy öquv yurtlarida öqişiga yetarliça e’tibor qilinmasdi. Xalqimiz ham tanlov imkoni bölganda köproq öğil farzandlarini öqitişga intilardi. 2021 yildan boşlab xotin-qizlarning oliy öquv yurtlarida tahsil olişi uçun qator imtiyozlar berila boşlandi. Bu imtiyozlar asosan ehtiyojmand oilalar farzandlariga qöllanyapti. Deyarli har yili yuzlab xotin-qizlar tavsiyanoma asosida oliy öquv yurtlariga öqişga kiryapti. Bu raqamlar yildan yilga ortib borayotgani quvonarli. 2022 yildan boşlab magistraturaga qabul qilingan xotin-qizlarimizning kontrakt tölovini davlat tomonidan tölab beriş tartibi joriy qilindi. Bakalavrda öqiyotgan qizlarimizga ham qator qulayliklar berilyapti. Bu tez orada jamiyatimizning barça jabhalarida xotin-qizlar rolining ham ortib borişini ta’minlaydi, albatta. Bu özgarişlarni e’tirof etmay böladimi? Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning butun bir bobi oilaga, farzandlarimizga bağişlanyapti. Şunday ekan, özini yurt ertasiga daxldorman degan inson borki, bu siyosiy jarayonlarga befarq qaramasligi kerak, deb hisoblayman”, dedi Qaşqadaryo viloyati oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Komila Karomova.

Tadbirda yoşlar va sportçilar nomidan sözga çiqqan MMA böyiça jahon çempioni Bobur Qurbonov ham 30 aprel kuni bölib ötadigan siyosiy jarayonlarda faol qatnaşişini ma’lum qildi.

Gala konsert formatida taşkil qilingan tadbirda el tanigan aktyorlar hamda san’atkorlarning çiqişlari odamlarga iliq kayfiyat bağişladi.