“Yaqinda BMT minbarida, qoraqalpoq tilida Ibrohim Yusupovning elegiyasidan parça yangradi. Bu bizlar uçun juda quvonçli.

Orol muammosi men bilan tengdoş. Bobom Orolning rizq-u nasibasi har doim bölsin, Orol boy bölsin degan maqsadda otamga Aralbay deb ism qöygan. 6 yoşligimda bahor boşqaça keldi: atrofda yaşillik yöq edi, hamma joy sap-sariq, teraklar sölib qolgan. Bu bahor mening bolalik jarohatim böldi. Bir kuni baliq zavodida işçi bölib işlagan onamning közlarida qörquv kördim. Onam har doim xursand yurardi, işga borib kelişi u uçun katta motivatsiya bölgan. Öşa kuni onamning közidagi qörquv Orolning qurişi, baliq zavodining yopilişi va işsizlik paydo bölişi bilan boğliq edi.

Yangilanayotgan konstitutsiyaning 49-moddasida Orolböyi hududlarida yaşovçi xalqning turmuş darajasini kötariş, ekologik tizimini muhofaza qiliş, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantiriş nazarda tutilmoqda. Bu bizning ertangi kunimizni kafolatlaydigan muhim yangilik deb bilaman”, — deya ta’kidladi Bibijan Aralbayeva.

Orol muammosi böyiça faol konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasligini ta’kidlab, jamoatçilikni referendumda faol iştirok etişga çaqirdi.

Ma’lumot uçun, 2023 yilning 24 mart kuni Saida Mirziyoyeva BMT boş qarorgohida tuzilmaning Suv masalalari böyiça konferensiyasida iştirok etib, Özbekiston nomidan çiqiş qilgandi. U öz çiqişida dunyo hamjamiyatining e’tiborini yana bir bor Orol fojiasiga qaratib, Ibrohim Yusupovning elegiyasidan qoraqalpoq tilida parça öqib berdi.