“Avvalo, Tojikiston Respublikasi va Niderlandiya Qirolligi hukumatlari hamda BMTning barça tuzilmalariga Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 2023 yilgi Suv konferensiyasini birgalikda ötkazayotgani uçun minnatdorlik bildirmoqçiman. 2015 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti barça insonlar uçun yaxşiroq kelajak quriş maqsadida 17 ta Barqaror rivojlaniş maqsadlarini qabul qildi. Özbekiston uşbu maqsadlarga erişiş yölida qat’iy sodiq qoladi hamda mintaqani jonlantiriş, Orol dengizi suvi va ekotizimlarini saqlaş taşabbusini ilgari surdi.
2017 yilda BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Qoraqalpoğistonning Möynoq tumaniga taşrif buyurgan edi. “Orol fojiasi zamonamizning eng yirik ekologik halokati, inson sayyorani qanday vayron qilişiga misoldir”, degan edi u. Bir paytlar Möynoq tumani ön ikki respublikaga baliq mahsulotlari yetkazib beriş böyiça törtinçi örinni egallagan obod port şahri bölgan. U yerda konserva zavodi, gullab-yaşnagan boğlar bor edi, odamlarning soğlom farzandlari, ertangi kunidan umidlari bor edi. Keyin hamma narsa özgardi. Odamlar muvozanatni buzdi. Endi uning ölik qirğoğida kemalar qabristoni bor. Şu örinda taniqli şoir Ibrohim Yusupovning elegiyasidan bir parça öqib bersam:
Taölar shөgip, jyerge kirmegen şyğar,
Juldyzlar hәm birden sөnbegen şyğar.
Dүnya heş öaqta-da kөrmegen şyğar:
Bir maydanda teңiz quryp qalğanyn..
Şe’rda dengizning köz oçib yumgunça sahroga aylanişi fojiasi tasvirlangan. Qoraqalpoğistonda hamon dengizni eslab odamni yod olib yiğlagan kabi faryod çekadilar. Suvga möl dengiz faqat Nukus muzeyida osilgan rassomlarning yarqirab, jilvalanib, hayot va erkinlik baxş etuvçi rasmlarida qolgan. U qurib bitgandagina odamlar uning qadriga yetdi. Orol dengizining inqirozi insoniyatning atrof-muhitga e’tiborsizligi oqibatlari haqida dahşatli eslatmadir. Biroq, ğamxör odamlarning sa’y-harakatlari tufayli u yana umid va yangilaniş ramziga aylanmoqda. Mamlakatimiz Orol dengizi qurişining salbiy oqibatlarini bartaraf etiş borasida izçil sa’y-harakatlarni amalga oşirmoqda”, dedi Saida Mirziyoyeva.
Prezident Şavkat Mirziyoyev BMT Boş Assambleyasining 75-sessiyasida Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qiliş haqida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilişni taklif etgan. Rezolyutsiya 2021 yilda 60 davlat tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.
Qayd etilişiça, 2018 yilda Orolböyi mintaqasi uçun Inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik asosida trast fondi taşkil etildi. Bugungi kunda uning moliyalaştirilişi evaziga umumiy qiymati 14 million dollardan ortiq bölgan qator loyihalar amalga oşirilmoqda. Özbekiston Orol dengizining qurigan tubini boğga aylantirişni öz oldiga ulkan maqsad qilib qöygan va hozirda qariyb bir yarim million gektar maydon kökalamzorlaştirilgan. Davlat ekologik halokatga qarşi kuraşda vaqt qadrini çuqur anglagani bois bu vazifa tezkor ravişda amalga oşirilmoqda.












