1 aprel kuni AQŞ böylab esgan kuçli böronlar janubiy va örta ğarbdagi şahar va qişloqlarga jiddiy zarar yetkazdi, kamida 18 kişining hayotiga zomin böldi. Bu haqda AP xabar berdi.
Kamida yettita ştatda tornadolar uylar va korxonalarni vayron qilgan, daraxtlarni ildizi bilan qöporib taşlagan va 85 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan hududlarda vayronagarçiliklarga sabab bölgan.
Tennessi ştatining Makneyri okrugida yetti kişi, Arkanzas ştatidagi Uinn şahrida tört kişi va Indiana ştatining Sallivan şahrida uç kişi halok bölgani ma’lum.
Şuningdek, Alabama, Illinoys va Missisipi ştatlarida, Litl-Rok hududida ham qurbonlar qayd etilgan.
Tennessi ştatidagi 8 mingga yaqin aholidan iborat Uinn şahrida örta maktab tomi qulab tuşgan va derazalari uçib ketgan. Ulkan daraxtlar ildizi bilan qöporilgan. Uylar va korxonalarning devorlari qulagan, derazalari va tomlari singan.
Missisipi çegarasida joylaşgan Makneyri okrugida yetti kişi halok bölgan.
Indiana ştatining Sallivan okrugida, Indianapolisdan 150 kilometr janubi-ğarbda, Illinoys ştati yaqinida uç kişi halok bölgan.
Sallivan meri Klint Lamb matbuot anjumanida okrug markazidan janubdagi 4 mingga yaqin odam yaşaydigan hudud «hozir deyarli tanib bölmas» holatga tuşganini, bir keçada bir neça kişi vayronalar ostidan qutqarilganini, 12 kişi jarohat olganini aytdi.
Litl-Rok hududida kamida bir kişi halok böldi va yigirmadan ortiq kişi jarohat oldi, ba’zilarining ahvoli oğir, deydi rasmiylar. Litl-Rok meri Frenk Skott sözlariga köra, 2100 ta uy va korxona tornado yölida qolgan, biroq qançasi zarar körgani haqida ma’lumot yöq.
Alabama ştati şimolidagi Medison okrugida tornado bir ayolni öldirdi. Missisipi şimolidagi Pontotok okrugida rasmiylar bir ölim va törtta jarohatni tasdiqladi.
Tennessi ğarbida, Tipton okrugi şerifi Şennon Bisli şanba kuni erta tongda Facebook sahifasida «köplab vayronagarçiliklar» va «bir neçta jiddiy jarohatlar» bölganini yozdi, ammo ölim haqida hozirça ma’lumot yöq. Uning sözlariga köra, köplab oilalarning «uylari yer bilan yakson bölgan».
Ön minglab odamlar tornado tufayli elektr energiyasisiz qoldi. Arkanzasda elektr energiyasisiz iste’molçilar soni qariyb 52 mingga yetgan. Indianada 69 ming, Illinoysda 33 ming va Oklaxomada 1,3 ming kişi elektrsiz qolgan. Ayova, Missuri, Tennessi, Viskonsin va Texas ştatlarida ham elektr energiyasida uzilişlar qayd etilgan.








