Qrim sudi mahalliy tadbirkor Artem Paliyçukning röyxatdan ötkazilgan savdo belgisidan noqonuniy foydalangani uçun tovon puli undiriş töğrisidagi da’vosini körib çiqdi. Da’vo Rossiyaning Rostov şahridagi bir kompaniya va Özbekistonning Jizzax şahridagi akkumulyator zavodiga nisbatan berilgan.

Sud qaroriga köra, da’vo töliq qanoatlantirilgan. Akkumulyator zavodi qrimlik tadbirkor foydasiga kompensatsiya tölaşi kerak.

Gap nima haqda ketmoqda?

Jizzax akkumulyator zavodi bir neça yillardan beri Rossiyaga “KUCH” brendi ostidagi akkumulyatorlarni eksport qilib keladi.

Qrimlik tadbirkor Artem Paliyçuk sudga murojaat qilib, “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ va Rostovda faoliyat yurituvçi “ARS Motors” MÇJ unga tegişli “KUCH” savdo belgisidan noqonuniy tarzda foydalanib kelayotganini iddao qiladi va uning foydasiga Rostov kompaniyasidan 6,2 mln rubl, Jizzaxdagi zavoddan esa 257,3 million rubl (qariyb 3,18 mln dollar) tovon puli undirilişini talab qiladi.

Qayd etilişiça, Jizzax akkumulyator zavodi öz mahsulotlarini “KUCH” savdo belgisi ostida oğir yuk avtomobillari işlab çiqaruvçi Tataristondagi “KAMAZ” AJga yetkazib bergan. Bu tovar ayirboşlaş 2019 yildan 2022 yilgaça amalga oşirilgan operatsiyalar töğrisidagi bojxona ma’lumotlarida ham keltirilgan.

Tadbirkorning ta’kidlaşiça, u röyxatdan ötkazgan tovar belgisi ostida mahsulot yetkazib beriş uning intellektual mulk obektiga bölgan huquqlarini buzgan.

Sud hujjatlariga köra, sudlanuvçi tomon da’vo Rossiyaning hakamlik sudida körib çiqiliş şart emasligini körsatib, işni yakunlaş zarurligini, şuningdek, Jizzax akkumulyator zavodi Özbekistonda röyxatdan ötgani va Rossiya yurisdiksiyasiga böysunmasligiga işora qilgan. Biroq uşbu jihatlar sudda inobatga olinmagan.

Sud buni xorijiy kompaniyaning boşqaruv organi rahbari Rossiyada röyxatdan ötgani va nizo kelib çiqqan domen nomiga ega sayt rus auditoriyasiga qaratilgani bilan izohlagan.

Uzoq muddat davom etgan örganişlardan keyin, 2023 yilning 3 aprelida Qrim arbitraj sudida uşbu iş körib çiqildi va da’vogarning da’vo arizasini qanoatlantiriş haqida qaror qabul qilindi.

Ma’lumot uçun, Artem Paliyçuk avtomobil qismlari savdosi bilan bilan şuğullanadi. 2014 yilda Simferopolda röyxatdan ötgan “Magnat-Oil” kompaniyasining egasi. Tadbirkor “Rospatent”da 22 ta savdo belgisiga ega va yana 9ta yangi savdo belgisiga egalik qiliş huquqini oliş uçun ariza topşirgan.