Jizzax akkumulyator zavodi Rossiyada intellektual mulk huquqini buzgani uçun qariyb 2,8 mln dollar jarima tölaşi belgilandi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.

Zavod bir neça yildan beri Rossiyaga “KUCH” brendi ostidagi akkumulyatorlarni eksport qilib keladi. Qrimlik tadbirkor Artem Paliyçuk sudga murojaat qilib, “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ va Rostovda faoliyat yurituvçi “ARS Motors” MÇJ unga tegişli “KUCH” savdo belgisidan noqonuniy tarzda foydalanib kelayotganini iddao qiladi va uning foydasiga Jizzaxdagi zavoddan 257,3 mln rubl (2,84 mln dollar) tovon puli undirilişini talab qiladi.

Jizzax akkumulyator zavodi öz mahsulotlarini “KUCH” savdo belgisi ostida oğir yuk avtomobillari işlab çiqaruvçi Tataristondagi “KAMAZ” AJga yetkazib bergan. Bu tovar ayirboşlaş 2019 yildan 2022 yilgaça amalga oşirilgan operatsiyalar töğrisidagi bojxona ma’lumotlarida ham keltirilgan.

2023 yilning 3 aprel kuni Qrim arbitraj sudida uşbu iş körib çiqilib, da’vogarning da’vo arizasini qanoatlantiriş haqida qaror qabul qilingandi. Özbekistondagi zavod esa birinçi instansiya sudining qaroridan norozi bölgan va yuqori instansiya sudiga apellyatsiya şikoyati kiritgan. Kompaniya Özbekistonda röyxatdan ötgani va Rossiya yurisdiksiyasiga böysunmasligiga işora qilgan. Lekin bu talablar Qrim arbitraj sudi tomonidan qanoatlantirilmagan. Sud huquqbuzarlikning Rossiya hududida sodir etilganini ta’kidlagan va Jizzax akkumulyator zavodidan 257,3 mln rubl undiriş haqidagi qarorni öz kuçida qoldirgan.

Jizzax akkumulyator zavodi haqida

“Jizzax akkumulyator zavodi” AJ 2003 yilda taşkil etilgan bölib, yiliga 800 ming dona akkumulyator işlab çiqariş quvvatiga ega.

Kompaniya rasmiy saytida işlab çiqarilayotgan akkumulyatorlar “JAZ Battery” savdo belgisi ostida sotilayotgani keltirib ötilgan. Korxona öz mahsulotlarini Rossiya, Tojikiston, Qirğiziston va Afğonistonga eksport qiladi.

Zavod Özbekistondagi akkumulyatorlar bozorida ustun mavqega ega