2023 yilning 3 aprel kuni Qrim arbitraj sudi Jizzax akkumulyator zavodini Rossiyada intellektual mulk huquqini buzganlikda ayblab, da’vogar foydasiga 257,3 mln rubl (33,7 milliard söm) tovon puli undiriş haqida qaror qabul qilgandi.
Zavod bir neça yildan beri Rossiyaga “KUCH” brendi ostidagi akkumulyatorlarni eksport qilib keladi. Qrimlik tadbirkor Artem Paliyçuk sudga murojaat qilib, “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ va Rostovda faoliyat yurituvçi “ARS Motors”” MÇJ unga tegişli “KUCH” savdo belgisidan noqonuniy tarzda foydalanib kelayotganini iddaosi bilan sudga ariza bilan çiqadi. Qrim arbitraj sudi da’vo arizasini qanoatlantiradi.
Jizzax akkumulyator zavodi qarordan norozi bölib, yuqori instansiya sudiga apellyatsiya şikoyati kiritadi. Kompaniya Özbekistonda röyxatdan ötgani va Rossiya qonunçiligidan kelib çiqib jarimaga tortilişini noqonuniy harakat sifatida baholaydi. Apellyatsiya sudi ham qarorni özgartirmaydi. Şundan söng, zavod yuqori instansiya sudiga murojaat qiladi.
Kassatsiya instansiya sudi Jizzax akkumulyator zavodi foydasiga qaror çiqarib, intellektual mulk huquqlari buzilgani yuzasidan belgilangan tovon pulini bekor qildi. Sud da’vogar tomonidan sun’iy ravişda yurisdiksiya yaratilgan degan pozitsiyani qöllab-quvvatlagan.
Kassatsiya instansiyasi sudi quyi sudlar da’vogar tomonidan keltirilgan intellektual mulk huquqini suiiste’mol qiliş haqidagi dalillarni yetarliça tekşirmaganini qayd etgan.
Kun.uz avvalroq yozganidek, zavod 2022 yilda 8,1 mlrd söm sof foyda körgan. Bu Rossiya arbitraj sudi tomonidan belgilangan jarima miqdoridan 4 barobarga kamroq.













