“Özkimyosanoat” AJ va Davlat aktivlarini boşqariş agentligi qöşma bayonot çiqarib, Ispaniyaning “Maxamcorp” kompaniyasi “Maksam-Çirçiq” zavodiga doir nizo yuzasidan xalqaro arbitrajga murojaat qilganidan “hayratda” ekani, kompaniyaga nisbatan “xafsalasi pir bölgani”ni ma’lum qildi.
Bayonotda aytilişiça, “Maxamcorp International” S.L. ispan kompaniyasi 2007 yilda “Özkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2 ta qöşma korxona – “Maksam-Çirçiq” AJ va “Ammofos-Maksam” AJlarni taşkil etgan.
“Qabul qilingan majburiyatlarga qaramay, “Maksam” kompaniyasi investitsiyalarni jalb qiliş böyiça öz majburiyatlarini bajarmagan va hozirda ularni bajarişdan boş tortmoqda. Öz navbatida, “Özkimyosanoat” AJ va agentlik “Maksam” kompaniyasining şartnoma munosabatlarini buzganlik haqidagi asossiz ayblovlarini qat’iyan rad etadi.
Ikki qöşma korxona qariyb 15 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. “Maksam” tomonidan qözğatilgan da’volar şartnoma majburiyatlarini buzganliklarini yaşiriş va notöğri boşqaruv, samarasizlik, sarmoya kiritmaslik va Özbekiston qonunçiligiga rioya qilmaslik uçun javobgarlikdan qoçişdan boşqa narsa emas.
“Maksam” kompaniyasi tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarmaslik qöşma korxonalar faoliyatiga va modernizatsiya va kengaytiriş qobiliyatiga sezilarli darajada tösqinlik qiladi. “Özkimyosanoat” AJ va agentlik ham tomonlarning savollari va pozitsiyalari sir saqlanişi lozim bölgan bir paytda, “Maksam” kompaniyasi öz da’volarini oşkor qilganidan hayratda”, – deyiladi Özbekiston tomonining munosabatida.
“Özkimyosanoat» AJ va Davaktiv:
- Har doim birgalikdagi faoliyat töğrisidagi tegişli kelişuvlarga va Özbekiston Respublikasining amaldagi qonunçiligiga muvofiq iş yuritgan hamda heç qanday şartnoma yoki boşqa majburiyatlarni buzmagani;
- “Maksam” kompaniyasi bilan kelişmovçilikni döstona va vijdonan hal qiliş tarafdori bölgani va hozir ham şundayligi;
- har doim barça faoliyatimizda inson va mehnat huquqlarini hurmat qiliş va himoya qilişga intilib kelganini bildirgan.
Ta’kidlanişiça, “Özkimyosanoat” AJ va Davaktivning ham “Maksam” kompaniyasiga qarşi da’volari bor:
“Qayd etiş lozimki, “Maksam” kompaniyasi özining butun faoliyati davomida qöşma korxonalar faoliyatini yaxşilaşga qaratilgan işlarni amalga oşirişni emas, faqatgina dividentlar olişni közlagan. Vaholanki, “Maksam” kompaniyasining majburiyatlari qöşma korxonalarni modernizatsiya qiliş va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlaş, işlab çiqariş uskunalarini takomillaştiriş va texnik yordam körsatişni qamrab olgan. Biroq, “Maksam” kompaniyasi öz majburiyatlarini bajarmadi. Buni 2022 yil oktabr oyida “Maksam-Çirçiq” AJ zavodida yuz bergan eskirgan uskunaning avariyasi ham tasdiqlaydi”.
Şu bilan birga, sönggi yillarda qöşma korxonalar faoliyatidan olinadigan foyda sezilarli darajada oşgan, mavjud quvvatlar modernizatsiya qilinib, faoliyatda yaxşilanişlar kuzatilmoqda. Bunga esa “investor va uning vakillari iştirokisiz”, “faqat Özbekiston tomonining sa’y-harakatlari evaziga” erişilgan.
Qayd etilişiça, Özbekiston tomoni “Maksam” kompaniyasining da’volari böyiça huquqiy pozitsiya tayyorlamoqda.
Eslatib ötamiz, Ispaniya kompaniyasi “Maksam-Çirçiq” zavodining 49 foiz aksiyalariga egalik qiladi. Kompaniya Özbekiston hukumatidan şartnomani buzib kelganlik uçun tovon tölaşni talab qilib, Londondagi arbitrajga murojaat qilgan.











