Sönggi yillarda Özbekistonda bank tizimining rivojlanişi ortidan moliyaviy firibgarlik holatlari ham köpaydi. Xususan, 2022 yil sentabrda ijtimoiy tarmoqlarda kamida uçta bankka – Infinbank, Asakabank va Anorbankka hakerlik hujumlari uyuştirilgani va millionlab dollar öğirlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Banklarning ikkitasi vaziyatga rasmiy munosabat ham bildirdi.

Jumladan, Infinbank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni inkor etmagan holda, faqatgina aytilayotgan summalar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qildi, ammo öğirlangan pul miqdori haqida aniq ma’lumot bermadi.

Asakabank ham munosabat bildirib, bu hodisa mijozlar jamğarmalariga ta’sir qilmasligini keltirib ötdi, öz navbatida bank hisobidan 700 ming dollar öğirlangani haqidagi ma’lumotni rad etmadi.

Bir neça kun ötib Anorbankdan öğirlangan pul miqdori 2 mln dollarni taşkil etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Anorbankdan munosabat bölmadi, lekin öz telegram kanalida mijozlariga pullarini himoya qilişga yordam beradigan qoidalarni taqdim qildi.

BBC özbek xizmatiga anonim tarzda gapirişga rozi bölgan şaxsning aytişiça, rossiyalik hakerlar Özbekistondagi bir neçta banklarning kiber-xavfsizlik tizimlarini buzib kirib millionlab dollar öğirlaşgan. Unga köra, bunga ular oddiy özbekistonliklarni jalb qilib, ularning bank kartalaridan foydalangan. Uning özi ham bir neça marta söroq qilingan.

Kun.uz mazkur jinoyat işiga doir savollar bilan Içki işlar vazirligi matbuot xizmatiga murojaat qildi, lekin hozirça javob bölmadi.

BBC suhbatdoşining ta’kidlaşiça, mazkur firibgarlik işiga 200ga yaqin özbekistonlik jalb qilingan, umumiy hisobda esa 7 million dollar öğirlangan bölişi mumkin.

BBC: — Siz bu işga qanday aralaşib qoldingiz? Hammasi qanday boşlandi?

Anonim suhbatdoş: — Bu iş sentabr oyida boşlangan. Hozirda hibsga olingan 16 kişi taxminan 200 dan ortiq mobil foydalanuvçilarning qurilmalariga örnatilgan ilovalardan pul ötkazmalarini amalga oşirgan. Xususan, mening telefonimdan foydalanilgan holda, ilova oçilgan, keyin unga pul tuşirilgan, mablağning bir qismi boşqa foydalanuvçiga ötkazilgan, ma’lum qismi olib qolingan. Keyinçalik aniqlanişi böyiça, bu banklarda yöqolgan pullar ekan. Buni bilmaganmiz. Guvoh sifatida bir neça marta çaqirişdi. Telefonimni olgan döstim ham mening aybim yöqligini tasdiqladi.