27 aprel kuni rossiyalik bloger Yelena Blinovskaya Smolensk oblastidan Belarusga ötmoqçi bölganida huquq-tartibot organlari tomonidan qölga olindi. Rossiya tergov qömitasi bergan ma’lumotlarga köra, bloger katta miqdordagi pul yuviş va soliq tölaşdan böyin tovlaşda gumonlanmoqda. Ma’lum qilinişiça, u budjetga 918 mln rubl soliqni tölamagan.

«Tergov ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçi öz biznesidan topgan daromadini kam qilib körsatgan. Blinovskaya 2019-2021 yillarda 918 mln rubldan ortiq soliqni tölamagan. Öz hisobidagi pullarni moliyaviy operatsiyalar orqali legallaştirgan», deyiladi tergov qömitasi xabarida.

Blogerning uyi va ofisida tintuv ötkazilgan. Qölga olingan paytda Blinovskayada boşqa davlatga uçib ketiş uçun samolyot çiptalari ham bölgan.

Ma’lumot uçun, 28 aprel kuni bloger Toşkent şahrida özining navbatdagi biznes-marafonini ötkazişni rejalaştirgandi va çiptalar sotuvi yölga qöyilgandi. Çiptalar narxi 1 mln sömdan 8 mln 600 ming sömgaça sotilayotgandi. Kun.uz muxbiri uşbu holatdan söng vaziyatni aniqlaştiriş uçun marafon taşkilotçilari bilan boğlandi.

«Marafon noma’lum muddatga qoldirildi va çiptalar sotuvi töxtatildi. Barça sotilgan çiptalarning pullari egalariga qaytariladi. Pullarni qaytariş yaqin vaqtlar içida boşlanadi», deya izoh berdi taşkilotçilardan biri.

Yelena Blinovskaya Rossiyada bloger, teleboşlovçi va psixologiya hamda şaxsiy rivojlaniş böyiça kurslar taşkilotçisi sifatida tanilgan. Uning Instagram'dagi sahifasida 5,3 milliondan ortiq kuzatuvçisi bor. Forbes ma’lumotlariga köra, Blinovskayaning «istaklar marafoni» auditoriyasi 2020 yilda 100 ming kişini taşkil etgan va bu orqali bloger 330 mln rubl daromad qilgan.