Özbekistonda 30 aprel kuni soat 8:00 dan Konstitutsiyaning yangi tahriri böyiça referendum boşlandi. Saylov uçastkalarida ovoz beriş jarayoni soat 20:00 ga qadar davom etadi.
Respublika böylab jami 10,7 mingdan ortiq saylov uçastkalari oçilgan. Saylovçilarning yagona elektron röyxatiga 19,7 mln fuqaro kiritilgan.
Uçastkalarda amaldagi Konstitutsiya va asosiy qonunning yangi tahriri loyihasi, şuningdek, taklif etilayotgan özgarişlar böyiça 100 savolga javob töplamlari tayyorlab qöyilgan. Konstitutsiyaning taklif etilayotgan yangi tahriridagi alohida bandlar bilan birga hujjat loyihasining töliq matni ham stendlarda körsatilgan.

Saylovçilar saylov byulletenida bitta savolga javob berişi kerak: «Siz «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?» Ikkita javobdan birini belgilaş kerak böladi: «Ha» yoki «Yöq».
Saylov uçastkalarida ilk soatlardan fuqarolar faolligi kuzatilmoqda.


Navoiy viloyati
Navoiy viloyatida 70 mingdan ortiq saylovçi ovoz berib böldi. Soat 9:00 holatiga Navoiy viloyati böyiça 71 455 nafar saylovçi saylov uçastkalariga kelib, öz konstitutsion huquqlaridan foydalanişdi.


Viloyat böyiça 411 ta referendum uçastkasi taşkil etilgan va ovoz beruvçilar soni 621 679 nafar. Şundan 18 225 nafari birinçi bor referendumda iştirok etmoqda. 8241 nafar saylovçi muddatidan oldin ovoz bergan.


































