FVV rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Vazirga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi, bir o‘rinbosar ishdan ketdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda FVV xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan polkovnik Sanjar Zuparov O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sanjar Zuparov 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yili O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabini tamomlagan.
U tayinlovga qadar O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
O‘zbekiston prezidenti qarori bilan polkovnik Muxtor Muhiddinov O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Muxtor Muhiddinov 1973 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yili Toshkent davlat texnika universitetini, 2004 yili O‘zbekiston Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
U tayinlovga qadar O‘zbekiston Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
O‘zbekiston prezidenti qarori bilan polkovnik Xurshid Aliboyev O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xurshid Aliboyev 1982 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2003 yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2015 yili Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.
U tayinlovga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Kamil Abdijalilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid
19:07 / 12.11.2024
FVV avtomobili vazirlik binosiga kirishda qo‘pol qoidabuzarlik qildi
15:57 / 07.11.2024
Is gazi qanday qilib insonlar o‘limiga sabab bo‘ladi? FVV mas’uli izoh berdi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024