Azizbek Baxtiyor öğli Abdusalomov Namangan viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari – viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.

photo_2026-09-15_20-36-26

U bu lavozimda 2020-yildan buyon işlab kelgan Anvarjon Hakimovni almaştirdi.

Azizbek Abdusalomov 1992-yil Mingbuloq tumanida tuğilgan. 2017–2024-yillarda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - muhandis-texnolog, iqtisodçi.

Tayinlovga qadar Mingbuloq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari - tuman Iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

Xondamir Oxunboboyev Namangan viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiya masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

photo_2026-09-15_20-29-24

U bu lavozimda 2021-yildan buyon işlab kelgan Botir Nuritdinovning örnini egalladi.

Xondamir Oxunboboyev 1989-yilda Namangan şahrida tuğilgan. Maʼlumoti - oliy. 2013-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar «Namangan erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat muassasasi direktori lavozimida işlab kelayotgan edi.

Rustamjon Egamberdiyev Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi.

photo_2026-09-16_12-27-09

Bu lavozimda 2024-yildan buyon Isomiddin Ismanov işlagan, u 2026-yil aprelida pora bilan qölga tuşganidan keyin bu lavozim hozirgaça böş turgandi.

Rustamjon Egamberdiyev 1987-yilda Qorasuv şahrida tuğilgan. 2007-yilda Toşkent davlat agrar universiteti (kunduzgi), 2015-yilda prezidenti huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.