Jizzax viloyati bandlik boş boşqarmasi mansabdori qalbaki sertifikatni 1 million 100 ming sömga sotayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan protsessual tartibda uşlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar berdi.
Xabarda uning 1989 yilda Foriş tumanida tuğilgani, Şarof Raşidov tumanida joylaşgan «Olmaçi» mahallasida yaşayotgani aytilgan. Uning ismi-şarifi va egallab turgan lavozimi oşkor qilinmagan.
Uşbu mansabdor şaxs bir ayolning ukasiga kasb böyiça mutaxassislikka egalik töğrisida sertifikat yasab, sotişini taklif etgan. Ayol bu haqda huquq tartibot idorasiga xabar bergan.
IIB tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda mansabdor şaxs özi mehnat qilayotgan taşkilot oldida qalbaki sertifikatni 1 million 100 ming sömga sotayotgan vaqtda uşlangan.
Tadbir davomida uning xonasi közdan keçirilganda 117 dona yozilmagan hamda 25 dona muhr bosilgan sertifikat blanklari, 8 dona tijorat banki sertifikati, 2 dona faxriy yorliq, 2 dona kompyuter, printer va fleşkarta hamda 1 dona qalbaki muhr hujjatlaştirib olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismi hamda 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.








