Har bir kişining yoşlikdan orzu qilgan kasbi, hunari böladi. Öşa orzuga imkon yetgani qadar intiladi. Kimdadir bu orzu uşaladi, kimdadir yöq. Bolalarda esa uşbu orzuning uşalişiga işonç yuqori böladi. Çunki ularga tanlagan kasbining jamiyatdagi mavqeyi qanday, keltiradigan daromadi qança, maşaqqati qay darajadaligining qiziği yöq.
Katta bölgaç sekin-asta fikrlar özgaradi. Orzularning çegarasi bora-bora moddiyatga, manfaatga taqala boşlaydi. Bola endi atrofidagilari bilan ham hisoblaşadi. Turli sabablar turtkisi bilan kelajakda kim bölişini aqlan tanlay boşlaydi. Hislar çekinadi. Ayrim jasoratlilargina heç narsaga qaramay qiziqqan sohasining etagidan uşlab ketadi. Qalbga quloq soliş judayam muhim.
Har inson javhariga yozib qöyilgan missiyasi böladi. Köplar bu missiyadan çalğib ketadi. Bajarişi kerak bölgan vazifasi qolib, boşqa işlarda tentirab yuradi. Ayrimlar bölsa, javharidagi yoziqni keç bölsa-da anglaydi va u böyiça harakatlana boşlaydi. Ëzuvchi Somerset Moemning “Oy va sariq çaqa” asari boş qahramoni Striklend ham zimmasiga yuklangan vazifani keç tuşunib yetadi va keç bölsa-da, öz maqsadiga yetişadi.
Ingliz adibi Uilyam Somerset Moem nomi adabiyot ixlosmandlariga taniş. Yoşligidan ilm olişga qiziqqan, öqib-örganib, şifokor bölgan ijodkor adabiyot olamiga kirib kelgaç, öz kasbini taşlaydi, bor kuç-ğayratini ijodga bağişlaydi. Birin-ketin çop etilgan asarlari unga şuhrat keltira boşlaydi. Yozuvçining özi e’tirof etganiday, “Oy va sariq çaqa” romani haqiqatan ham uning şoh asarlaridan biri bölib, asar muallifi ötkir nigohi orqali köz öngida sodir bölgan hayotiy voqelikni badiiy talqinda oçib bergan. Şu bilan birga, voqea içida voqeaning rivojlanib borişi, asar qahramoni Çarlz Striklendning qirq yoşidan keyin rassomlikka mukkasidan ketişi, u va uning döstlari atrofida keçgan insoniy munosabatlar, möyqalam sohibining fojiaviy qismati öquvçini çuqur falsafiy muşohadaga undaydi, hayot haqidagi tasavvurini boyitadi.
Syujyet:
Asar Gagen ismli rassom hayotidan olingan bölib, bir yozuvçi yigit tilidan hikoya qilinadi. U tasodifan Londonning kiborlar jamiyati içiga kirib qoladi va ular orasidagi adabiy muhit bilan, qolaversa, Striklendlar xonadoni bilan tanişadi. Bu xonadonga yozuvçilar, san’atkorlar, adabiyot va san’atga qiziquvçilar tez-tez taşrif buyurib turişardi. Yozuvçi yigit ham bunday yiğinlarga qatnay boşlaydi. Ammo bir kuni uni ğaroyib bir hodisa hayratlantirib qöyadi. Risoladagidek oila rahbari, ikki farzandning otasi, birja dalloli bölmiş Çarlz Striklend oilasini taşlab, Parijga ketib qolgandi. Butun şaharda uning ma’şuqasi bilan ketib qolganligi haqida miş-miş tarqaydi.







