Markazning yanvar–sentabr oylaridagi faoliyatiga oid hisobotiga köra, tarjima qilingan asarlar Imom Buxoriy, Imom Zarnujiy, Imom Ğazzoliy va boşqa allomalar qalamiga mansub. Uşbu davrda 19 ta ilmiy naşr va 39 ta maqola ham çop etilgan.

Xorijiy fondlardan töplangan qölyozmalarning elektron nusxalari «Sahihul Buxoriy» hamda Movarounnahr allomalari merosiga oid.

Hisobot davrida «Jaholatga qarşi - maʼrifat» şiori ostida 190 ta tarğibot tadbiri ötkazilgan. Raqamli platformalarda 298 ta videodars, 165 ta qisqa video va 385 ta audio hamda videoraddiya eʼlon qilingan.

Xalqaro hamkorlik doirasida 130 dan ortiq tadbir taşkil etilgan, xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan 10 ta memorandum imzolangan. Şuningdek, olti davlatdan kelgan 12 nafar tadqiqotçi markazda ilmiy amaliyot ötagan.