7-8 may kunlari Toşkent şahrida Turkiy davlatlar jöğrofiya kengaşining ta’sis majlisi bölib ötdi. Özbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya, Qozoğiston va Qirğiziston geografik jamiyatlari vakillari iştirokida ötkazilgan yiğilişda kengaşni taşkil etiş töğrisidagi bitim imzolandi.

“Özim ayni paytda Istanbul universitetida fan doktori bölib işlayman. Nega buni aytyapman. U yerda işlarkanman, 2016 yili darsga kira boşlaganimda rektorimdan turk davlatlari jöğrofiyasi darsini oçiş istagida ekanimni bildirgandim. Öşa paytda qaçonlardir Turk davlatlari jöğrofiyasini qura olarmikanmiz deb öylagandim.

Endi özimning talabalarimga bu darsni tanitiş, 5-6 mamlakat, ya’ni barça turk davlatlarining madaniyatda, e’tiqodda bir ekanliklarini anglatişni istayapman. Rektorimiz bu taklifimni xursandçilik bilan qarşilagandilar. Bir kun kelib öşa taşkilot tuzilişida balki özing ham qatanaşarsan degandi u kişi menga öşanda. Bugun ana şu taşkilotning ta’sis yiğilişida ötirganimdan juda baxtliman.

2021-2022 yillarda Özbekiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston va boşqa turk davlatlarida bölib, imkonim yetgança tabarruk qadamjolarini ziyorat qilişga muşarraf böldim. Aslida biz bir xalqmiz. Jöğrofiyada ham birlaşiş uçun qölimizdan kelganini qilamiz. Boşlangan işlar xayrli bölsin” – deydi ta’sis yiğilişida qatnaşgan Turkiya jöğrofiya jamiyati direktorlar kengaşi a’zosi Kaan Kapan.

Kaan Kapan, Turkiya jöğrofiya jamiyati direktorlar kengaşi a’zosi Foto: Kun.uz

Yiğilişda Turkiy davlatlar jöğrofiya kengaşi turkiy tilli ilmiy-tadqiqot institutlari va jamoat birlaşmalari örtasida har tomonlama hamkorlikni yanada takomillaştiriş, geografiya, ölkaşunoslik va boşqa turdoş fanlar böyiça nazariy yoki amaliy iş bilan şuğullanuvçi barça taşkilot, muassasalarga kömaklaşiş, barça jabhalarda birgalikdagi sa’y-harakatni muvofiqlaştiriş maqsadida tuzilayotgani qayd etildi.

Ta’sis yiğilişida barça iştirokçi davlatlar tomonidan Turkiy davlatlar jöğrofiya kengaşini tuziş töğrisida Toşkent şartnomasi imzolandi va kelgusidagi işlarni amalga oşiriş böyiça yöl xaritasi işlab çiqişga kelişildi. Yiğiliş qatnaşçilarining yakdil ovozi bilan Özbekiston geografiya jamiyati rahbari Oybek Norinboyev uç yil muddatga kengaş boş kotibi etib saylandi.