2026 yil 28 yanvar kuni Özbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov hamda Turkiya oliy ta’lim kengaşi raisi Erol Özvar iştirokida ikki mamlakat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasi rahbariyati örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv avvalida tomonlar sönggi yillarda Özbekiston–Turkiya munosabatlari keng qamrovli strategik şeriklik darajasiga kötarilganini, xususan, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar yönalişlaridagi hamkorlik izçil kengayib borayotganini ta’kidladi. Şuningdek, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan taklifiga binoan 29 yanvar kuni Turkiyaga amalga oşiradigan rasmiy taşrifi ikki tomonlama aloqalarni, jumladan ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişda muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.
Muzokaralarda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikning mavjud huquqiy asoslari körib çiqildi. Jumladan, ikki mamlakat hukumatlari örtasida ilm-fan salohiyati, muhandislik işlanmalari va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik töğrisidagi bitim, şuningdek, sohaviy idoralar örtasida imzolangan anglaşuv memorandumlarining amaliy ijrosi muhokama qilindi.
Şu bilan birga, 2022–2024 yillarda Izmir, Samarqand va Istanbul şaharlarida ötkazilgan Özbekiston–Turkiya ta’lim forumlari natijalari, mazkur forumlar doirasida oliy ta’lim muassasalari örtasida örnatilgan hamkorlik aloqalari tahlil qilindi. Ayni paytda qöşma ta’lim dasturlari böyiça amalga oşirilayotgan işlar, erişilgan natijalar va kelgusida uşbu yönalişni yanada kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuvda Turkiy davlatlar xalqaro universitetini taşkil etiş loyihasining amaliy bosqiçlari ham muhokama qilindi. Uni töliq yölga qöyiş maqsadida professor-öqituvçilarni jalb etiş, elektron ta’lim resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş kabi masalalar yuzasidan Turkiya tomonining kömagi muhim ekani ta’kidlandi.
Bundan taşqari, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzurida Yunus Emre instituti madaniyat markazi filialini taşkil etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar uşbu taşabbus ikki mamlakat örtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini qayd etdi.
Uçraşuv yakunida tomonlar oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, qöşma ta’lim va ilmiy loyihalarni kengaytiriş hamda mavjud taşabbuslarni samarali amalga oşirişga tayyor ekanini bildirdi.








