«ATI.SU yuk taşişlar birjasi»ning Özbekistondagi vakolatxonasi kompaniya hamkorlari foydalanişlari mumkin bölgan tölov xizmatlarining variantlari kengayganligini e’lon qildi. Endi Birja xizmatlarini sömda nafaqat hisob raqamidan yoki kvitansiya asosida naqd pulda, balki özlariga biriktirilgan Uzcard va Humo kartalaridan Click tölov tizimi orqali ham amalga oşiriş mumkin.

Birja Özbekistonda – Markaziy Osiyodagi asosiy tranzit mintaqalaridan birida öz vakolatxonasini oçganligi haqida 2022 yil oktyabrda e’lon qilgandi. ATI.SU ma’lumotlariga köra, oxirgi yilda mamlakat içida yuk taşişga talab amalda ikki barobarga oşdi, eksport yönalişlariga buyurtmalar soni esa, 2,5 baravarga köpaydi.

«Birjaning Özbekistonda vakolatxonasining oçilişini muvaffaqiyatli va öz vaqtida qabul qilingan qaror deyiş mumkin, buning isbotini mamlakatda kompaniya xizmatlariga buyurtmaçilar va yuk taşuvçilar tomonidan talabning ösib borayotganida köramiz», - deya şarhlaydi xalqaro «ATI.SU yuk taşişlar birjasi»ning Özbekistondagi vakolatxonasining direktori Farid Vohidov.

Click tölov tizimi yordamida «ATI.SU birjasi»ning Özbekistondagi vakolatxonasi mijozlari hisoblar böyiça tölovlarni my.click.uz'dagi şaxsiy kabinetdan, @clickuz maxsus Telegram-botidan, Google Play, Aplle App Store va Huawei AppGalery ilovalar dökonlaridan yuklab oliş mumkin bölgan Click up mobil ilovasidan, şuningdek tizimning virtual hisob terminali yoki USSD-buyruqdan foydalanib amalga oşiriş imkoniga ega böldilar. 

«Turli tölov servislarining integratsiyasi – bu Birjaning Özbekistondagi vakolatxonasi foydalanuvçilari uçun raqamli logistika imkoniyatlarini rivojlantiriş yölidagi navbatdagi qadam. Yuk jönatuvçilar va taşuvçilar uçun özlari uçun eng qulay hisob-kitob variantini tanlaş imkoniga ega böliş muhim», - qöşimça qildi Farid Vohidov.

Reklama