Markaziy saylov  komissiyasi (MSK) ma’lumotiga köra, taşrif doirasida Missiya vakillari YeXHT DIIHB Saylov departamenti rahbari Megan Fitsdjyerald hamda saylovlar böyiça maslahatçisi Kseniya Daşutsina MSK raisi Zayniddin Nizomxöjayev bilan uçraşdi.

Muloqot davomida DIIHB saylovlarni kuzatiş missiyalarining Özbekistonda ötkazilgan saylovlar natijalari böyiça yakuniy xulosalarida keltirilgan tavsiyalarni milliy saylov qonunçiligi va amaliyotiga implementatsiya qiliş, saylovlarga oid huquqiy bazani takomillaştiriş borasida, şu jumladan Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida amalga oşirilgan işlarga ham alohida töxtalib ötildi.

YeXHT DIIHB metodologiyasi böyiça Ehtiyojlarni baholaş missiyasi tomonidan baholaş muayyan saylov oldidan amalga oşiriladi va saylovoldi holatiga beriladigan baho hamda milliy saylov qonunçiligining umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlariga mosligi natijalaridan kelib çiqib, saylovni kuzatişning maqsadga muvofiqligi, kuzatiş şakli, muddati va kuzatuvçilarning zaruriy soni haqida qaror qabul qilinadi.

Taşrif doirasida Missiya vakillari qator vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşişni rejalaştirgan.