Toşkent şahrida 13-18 may kunlari Uzbekistan Fashion Week – 2023 (Özbekiston moda haftaligi – 2023) tadbiri bölib ötdi. Haftalik dizayner Dilnoza Umrzoqova taşkilotçiligi asosida ötgan. Kun.uz muxbiri u bilan suhbatlaşib, namoyiş maqsadi va podiumda olib çiqilgan liboslar haqida batafsil ma’lumot oldi.
Namoyişda 300 dan ortiq kolleksiyalar hujjati topşirilgan va şundan 35 nafar dizayner 500 ga yaqin liboslari bilan podiumda iştirok etgan. Dizaynerlar asosan özbekistonliklar bölib, yana bir qança qozoğistonlik va marokaşlik Ifrah Arsi taklif etilgan. Liboslarning aksar qismi milliy matolardan tikilgan. Modalar içida odatda ayollarga möljallangan liboslarni erkaklar kiyib çiqqani jamoatçilik e’tiborini tortdi va turli platformalarda muhokamalarga sabab böldi.

Jurnalist Fotima Jörayeva liboslar «mentalitetga yotligi»ni aytib, «bularning kirib kelişiga yöl qöymaslik kerakligi»ni yozgan. Facebook’dagi ayrim foydalanuvçilar esa «liboslarda bir jinslilik madaniyati tarğib qilingan» degan xulosaga borgan bölsa, yana biri «Özbekiston olgan qarzlari badalini şunday tölayapti», degan ma’noda post qoldirgan.
Mavzu Twitter foydalanuvçilari tomonidan ham muhokama qilindi. Foydalanuvçilardan biri modalar haftaligi Yoşlar işlari agentligi hamkorligida ötkazilganini aytib, tvit yozgan. Unga javoban agentlik rahbari Alişer Sa’dullayev haftalikning taşkilotga aloqasi yöqligini bildirgan.
Bundan taşqari, agentlik matbuot xizmati voqeaga rasmiy munosabat ham bildirdi. Unda aytilişiça, tadbir bir qator taşabbuskorlar va xususiy sektor vakillari tomonidan taşkil etilgan va ijtimoiy tarmoqlarda agentlik loyihasi sifatida xato körsatilgan.
«Agentlik Uzbekistan Fashion Week doirasida namoyişi bölib ötgan va jamoatçilik e’tiroziga sabab bölgan milliy qadriyatlarimizga zid bölgan körgazmali çiqişlar töliq taşkilotçilar taşabbusi ekanligini va taşkilotning bunga aloqasi yöqligini ma’lum qiladi», – deyilgan izohda.
Jamoatçilikda bu tadbirni ötkaziş kimning hisobidan moliyalaştirilgan, liboslar namoyişdan oldin körib çiqilib, mahalliy aholi madaniyati bilan hisoblaşilmaganmi, kabi savollar tuğilyapti. Bularga javobni taşkilotçi Dilnoza Umrzoqova tuşuntirib berdi.
U moda Özbekistonda oxirgi 10 yilda deyarli töxtab qolgan soha ekani, şunday bölsa ham dizaynerlar işlagani, lekin yiğilib bir-birining işini körib, fikr almaşiş jarayoni bölmaganini aytadi.
«Yetarliça mutaxassis, sohani tuşunadigan rejissurada işlaydigan odamlar ham yöq Özbekistonda. Öşa xato ham aynan rejissura xatosi bilan bölgan. Aynan erkaklarning yubkada çiqqan kolleksiyasi 20 yoşli talaba qizga tegişli.
Bizda özi kiyimlar 3 bosqiçli körikdan ötib, keyin tasdiqlanadi. Öşanda dizayner qiz liboslarini qiz bolaga kiydirib tasdiqlatgan. Repetitsiya jarayonida ham liboslarni qizlar kiygandi. Lekin e’tiborni tortmoqçi bölib, podiumga çiqiş oldidan kiyimlarni yigit modellarga kiydirib, improvizatsiya qilmoqçi bölgan. Ğoyasi bunaqa tarğib qilinişini bilmagan», – deydi Umrzoqova.
Jamoatçilik orasida modalar haftaligi qandaydir buyurtma asosida bölgan degan fikrlar ham yuribdi. Dizayner bunga ham izoh berdi.
«Hammasi özimizning mablağdan bölgan. Nega u qizni oldik? Birinçidan, yoşlar tekinga çiqadi, ikkinçidan, haftalikda turfa xillikni ta’minlaşni xohladik», – deydi taşkilotçi.
Umrzoqova jamiyatda odamlarning e’tibori milliy namoyiş qilingan liboslardan çetda qolayotganidan ranjiganini aytdi. Çunki 300 ga yaqin libos milliy matolardan qilib, özbekona xarakterda bölgan.
«Masalan, Abdulla Qodiriy uy-muzeyida «Anor va Nadi» kolleksiyasini namoyiş qildik. U yerda bir-biridan çiroyli va milliy madaniyatni aks ettirgan liboslar köp edi. Lekin unga e’tibor qaratişmadi», – deydi u.







Abdulla Qodiriy uy-muzeyida namoyiş qilingan liboslardan birida sobiq ittifoq bayroği tasviri ham bölgan. Umrzoqova bundan heç qanday tag ma’no qidirmaslik kerakligi, taşkilotçilarda heç qanday ittifoqparastlik ğoyalari yöqligi, bu faqat bitta libosda aks etgani va bu ham matoni isrof qilmaslik maqsadida olinganini aytdi.

«Bitta yönaliş «Ekologiya va moda» deb nomlangandi va eski matolarni isrof qilmaslik, tabiatni asraş maqsadida dizaynerlar şu matodan foydalangan. Menimça, bunaqa tag ma’no istalgan brend yoki dizayner işidan ham topiladi», – deydi loyiha rahbari.
U jamoatçilikning xato talqini ortidan dizaynerlarning oila a’zolari ularning sohasida işlaşga ruxsat bermaslik holati bölganini ham aytib ötdi.
«Öşa namoyişda qatnaşgan dizaynerlarning oila a’zolari işlaşga ruxsat bermaslik holati bölyapti. Lekin buning ortida bir yarim ming odam işlaydi. Şunça odam bitta video deb qoraga çiqib ketyapti», – deya afsus bilan ta’kidlaydi taşkilotçi.
Haftalikda Marokaşdan kelgan dizayner Ifrah Arsi libosi ham muhokamaga sabab böldi.
«Töğri u bizning mentalitetga töğri kelmas, lekin bu ularning madaniyati. Xöp, kim örtaliqdagi çegarani belgilab beradi, san’atda qayerda tugaydi çegara?
Har bir millatning öziga xosligi bor va bundan yuz ögirib bölmaydi. Qolaversa, modalarimiz dunyoga çiqişi uçun biz ham yirik dizaynerlar bilan hamkorlikni yölga qöyişimiz kerak. Biz çaqirgan dizaynerlar Beyonce, Şakira kabi qöşiqçilarga kiyim tikib beradi. Biz dunyoviy davlatmiz deyayotgan bölsak, ularga xam oçiq bölişimiz kerak”, – deydi u.

















