3 yillik tanaffusdan keyin: OTMga testlar yopiq pavilonlarga qaytadi

Özbekistonda koronavirus bilan boğliq çeklovlarning eng oxirgisi ham rasman bekor böldi. Bu yil oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlari, koviddan avvalgi yillardagi kabi, yopiq pavilonlarda ötkaziladi. Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilişiça, testlarni ötkaziş uçun respublika böylab 92 ta yopiq inşoot tanlab olingan. Eslatib ötamiz, oxirgi 3 yilda infeksiya xavfi sababli kiriş imtihonlari oçiq osmon ostida, stadionlar va xiyobonlarda ötkazib kelinayotgandi.

Ötgan yili imtihonlarda 1 mln 74 ming abituriyent qatnaşib, ulardan bor-yöği 176 ming nafari öqişga kira olgan. Talab yuqori, taklif esa juda çeklangan şaroit doimgidek korrupsiya va firibgarlik holatlariga olib kelyapti. Bu boradagi jinoyatlarning yangi mavsumi ham start oldi. Namanganda 4 ming dollar, Sirdaryoda 5100 dollar, Samarqandda esa 7200 dollar miqdoridagi oldi-berdilar vaqtida qator şaxslar qölga olindi.

Lekin oliy ta’lim böyiça haftaning eng köp muhokama bölgan mavzulari bular emas. Oliy ta’lim vazirligining departament boşliği Abduvali Xoliqov “rektorlarni saylaşga tayyor emasmiz” deyişi ortidan, ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga qoldi.

“Endi mavjud holatdan kelib çiqib, buni oçiqçasiga aytiş kerak. Mutaxassis sifatidagi şaxsiy fikrim – rektorlarni saylaşga tayyormasmiz”, – dedi vazirlik rasmiysi.

Bu fikrlar prezident saylovi arafasida yangragani istehzolarga sabab böldi. Eng katta mansab egasi – davlat rahbarini saylay oladigan odamlar qanday qilib hokimlarni yoki rektorlarni saylay olmasligi mumkin? Şuning uçun, aniqroq aytganda, odamlar tayyor, tizimning özi tayyor emas, deyiş töğriroq bölardi.

Samarqand 100 ta elektrobusli böladi

Haftaning asosiy xuşxabarlari Samarqandda ötgan Yevropada tiklaniş va taraqqiyot banki boşqaruvçilari konferensiyasi bilan boğliq böldi. Bankning beğaraz yordami asosida Namangan va Farğonada 15 ta maktab quriladigan böldi. Imzolangan şartnoma asosida, xalqaro taşkilot buning uçun 55-75 mln dollar atrofida grant ajratadi