Samarqand şahrida ötkazilayotgan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) Boşqaruvçilar kengaşi yiğilişida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda YeTTB örtasida uç tomonlama texnik yordam beriş şartnomasi imzolandi. 

Hamkorlik doirasida respublika hududlarida bosqiçma-bosqiç davlat-xususiy şeriklik asosida yangi davlat umumta’lim maktablari faoliyatini yölga qöyilişi, ularga xususiy şeriklar tomonidan xizmat körsatilişi va ta’mirlanişi hamda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan davlat umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qiliş, qöşimça binolar quriş va ta’mirlaş işlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan. 

Jarayonning dastlabki bosqiçida YeTTB mutaxassislari tomonidan grant oliş va maslahatçilarni yollaş böyiça içki tahlillar ötkazilgan hamda Namangan va Farğona viloyatida 15 ta maktab quriş rejalaştirilgan. Loyihaning kapital qiymati 55-75 million AQŞ dollarini taşkil etadi. 

Qayd qilinişiça, prezident farmoniga köra, davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida 2022-2024 yillar davomida amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalarning sohalar kesimidagi «yöl xaritasi» tasdiqlangan. Uning tegişli bandlariga asosan, mas’ul vazirlik va idoralar oldiga YeTTB kömagida davlat-xususiy şeriklik şartlarida umumta’lim maktablarini xalqaro standartlar böyiça rekonstruksiya qiliş va jihozlaş işlarini taşkil etiş böyiça zarur vazifalar belgilab berilgan.