Alişer Saidabbasoviç Sultonov prezidentning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlangan. Bu haqda prezident administratsiyasiga aloqador manbalar xabar bermoqda.

«Gazeta.uz» manbasiga köra, Alişer Sultonov 19 may kuni Toşkentda iş boşlaydigan uçinçi Xalqaro energetika konferensiyasi doirasida «Özbekiston yoqilği-energetika kompleksini (yonilği-energetika kompleksi) dinamik geosiyosiy va geoiqtisodiy voqeliklar şaroitida strategik rejalaştiriş» panel sessiyasida prezident maslahatçisi sifatida iştirok etadi.

Alişer Sultonov 1967 yilda Toşkent şahrida tuğilgan.

2013−2015 yillarda «Özbekneftgaz» raisi örinbosari bölgan, 2015 yil avgustidan 2018 yil sentabriga qadar «Özbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan, 2017 yil noyabridan Boş vazir örinbosari — Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida faoliyat körsatgan. 

2019 yil fevralida Özbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini örnatuvçi yangi vazirlik taşkil etilib, «Özbekenergo» AJ, «Özbekneftgaz» AJ, «Özbekgidroenergo» AJdan davlat-hokimiyat vakolatlari mazkur vazirlikka ötkazilgan, prezident Alişer Sultonovni yangi vazirlikning birinçi rahbari etib tayinlagandi.

2022 yil aprelida u prezident farmoniga asosan, salomatligi tufayli boşqa işga ötişi munosabati bilan energetika vaziri lavozimidan ozod etilgandi. Şundan keyin u faoliyatini qaysi işda davom ettirayotgani ma’lum qilinmagandi.

Ayni vaqtda prezident saytining Prezident Administratsiyasining Ijro etuvçi apparati bölimida prezidentning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari böyiça maslahatçisi haqida ma’lumot körsatilmagan.