Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 may kuni Samarqand şahrida ötayotgan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki boşqaruvçilar kengaşining 32-yillik yiğilişida iştirok etdi. Davlat rahbari yiğilişning yalpi sessiyasida nutq sözladi.
“Özbekistonda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining bunday formatdagi yiğilişi roppa-rosa 20 yil oldin bölib ötgan edi. Bugungi anjumanda yangi mehmonlar bilan birga, avvalgi yiğilişda qatnaşgan iştirokçilarni ham körib turibman.
Şu örinda bir fikrni alohida ta’kidlab aytmoqçiman: Bugungi Özbekiston – keçagi Özbekiston emas.
6 yil muqaddam boşlagan qat’iy islohotlarimiz natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay özgardi. Bugun siz, azizlarni mutlaqo yangi muhitda – dunyoga keng oçilayotgan, barça sohalarda hamkorlik uçun tayyor bölgan yangi Özbekistonda qabul qilayotganimizdan ğoyat mamnunmiz”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uçun, hozirda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining Özbekistondagi loyihalar portfeli 4 milliard yevrodan oşgan. Şundan 3,3 milliard yevrolik loyihalar sönggi tört yilda boşlangan.
Ötgan yil yakuni bilan Özbekiston bankning beşta eng asosiy hamkorlari qatoriga kirgan. Yillik investitsiya hajmi böyiça esa YeTTBning Markaziy Osiyodagi eng yirik biznes şerigidir.



















