Davlat xavfsizlik xizmati oliy ta’lim muassasalariga öqişga kiritiş bilan boğliq noqonuniy holatlarga çek qöydi. Bu haqda DXX xabarida aytilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Namangan davlat universiteti öqituvçisi özganing işonçiga kirib, tanişlari orqali uning qarindoşini Qirğizistondagi oliy öquv yurtiga öqişga kiritib, söngra Özbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga köçirib beriş evaziga 4 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Samarqand viloyati Past Darğom tumanidagi umumta’lim maktabining ingliz tili öqituvçisi tanişlari yordamida Tayloq tumanida yaşovçi fuqaroni xorijiy oliy ta’lim muassasasi talabasi ekanligi töğrisida soxta hujjat tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-bosqiçiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 6000 AQŞ dollari hamda uning qarindoşiga ingliz tili böyiça milliy sertifikat olib beriş uçun 1200 AQŞ dollari, jami 7200 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi va IJQK Departamentining hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlangan.

Guliston şahrida yaşovçi şaxs Yangiyer şahrida istiqomat qiluvçi fuqaroni Guliston davlat universitetining sirtqi bölimiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 6 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 5100 AQŞ dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan uşlangan. Tezkor suriştiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablağining 4600 AQŞ dollarini viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga örgatiş milliy markazi öqituvçisiga berişi kerakligi ma’lum bölib, uşbu şaxs ham 200 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.

Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.