16 may kuni Özbekiston musulmonlari idorasi Içki nazorat komissiyasining navbatdagi yiğilişida «Şukrullo domla» sifatida tanilgan Farğona viloyati Toşloq tumani boş imomi va «Abu Hanifa» jome masjidi imom-xatibi Şukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlari muhokama qilingan. Idora matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, yiğilişda imom-xatibning e’tirozlarga sabab bölgan çiqişlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga töğri kelmasligiga urğu qaratilgan.
«Ş.Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab bölgan çiqişlarida xatoga yöl qöyganini e’tirof etdi va uzr söradi. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamçiliklarga yöl qöymasligini bildirdi. Öz navbatida, mazkur xatti-harakatlarga nisbatan huquqiy baho berib, tegişli çora körilişi munosabati bilan imom-xatibni obrösizlantiriş holatlaridan saqlanişni söraymiz.
Içki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Şukrullo Egamberdiyevga «hayfsan» intizomiy jazosi beriş va Toşloq tumani boş imomi vazifasidan ozod etiş töğrisida xulosa qildi», — deyiladi Musulmonlar idorasi bayonotida.
Musulmonlar idorasining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Şukrullo Egamberdiyev «Abu Hanifa» jome masjidi imom-xatibi lavozimida qolgan.
Ma’lum qilinişiça, diniy idora tizimidagi Içki nazorat komissiyasi – diniy soha xodimlari faoliyatini tartibga soliş, kamçiliklarga yöl qöyganlarga ta’sir çoralarini qöllaş va halol-pok xizmat qilayotganlarni himoya qiliş hamda rağbatlantiriş kabi vakolatlarga ega.
Sönggi kunlarda imomning mehnat muhojirlari haqidagi gaplari şov-şuv va katta e’tirozlarga sabab bölayotgan edi.
Eslatib ötamiz, Şukrullo Egamberdiyev 2022 yil oktyabrida Özbekiston madaniyat vaziri, taniqli xonanda Ozodbek Nazarbekov bilan quda bölgandi.

















