Unda 2023/2024 öquv yili uçun respublika oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça test sinovlarini taşkil qiliş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.
Qayd etilişiça, 2023/2024 öquv yili uçun test sinovlari ötkaziladigan 92 ta yopiq inşoot tanlab olingan hamda ularning reja çizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelişilgan holda tasdiqlangan.
Test sinovlari ötkaziladigan 15 ta umumta’lim fanidan 26 520 ta va qardoş (qozoq, qirğiz, tojik, turkman) tillardan 2 400 ta test topşiriği şakllantirilib, ekspertizadan ötkazilgan. Keng jamoatçilik orasidan test sinovlarida guruh nazoratçiligiga nomzod sifatida röyxatdan ötgan 8 956 nafar talabgordan 4 000 nafarga yaqini saralab olindi va ular bilan şartnomalar rasmiylaştirilmoqda.
Ma’lumot uçun, koronavirus pandemiyasi sababli 2020-2022 yillarda, 3 yil ketma-ket test sinovlari oçiq joylarda, jumladan stadion va xiyobonlarda ötkazilgan edi.


















