Kun.uz taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi bilan boğliq muammolarni örganişda davom etadi. Ötgan körsatuvda til imtihonlari jarayonida yuz berayotgan şubhali harakatlar, “öringa kiriş” deb nomlanadigan holatlarga işora qiluvçi dalillarkörsatilgandi. Ammo bu holatlar böyiça huquq-tartibot idoralari suriştiruv boşlagani alomatlari körinmadi, göyo heç narsa bölmagandek.
Izlanişlar davomida bir tadbir ötkazdik: xodimimiz özini göyo Janubiy Koreyaga borişga intilayotgan talabgor rolini öynab, pul evaziga Koreyaga yuboruvçi guruhlarni izladi va bu iş öz natijasini berdi.
Suhbatdan ma’lum böldiki, talabgor tilni bilmasa ham, pulini bersa imtihonga kiritişadi va javoblarni aytib turişadi.
“Biz 5-10 yildan beri şu iş bilan şuğullanamiz, şeriklarimiz bor. Bitta bolani imtihondan ötkazişimiz 6 ming (AQŞ dollari nazarda tutilyapti - tahririyat) böladi. Yuz foiz ötkazib beramiz. Ikki xil yölimiz bor. Imtihondan bir kun oldin Toşkentga keladi. Mehmonxonamiz bor, öşa yerda tuşuntiraladi unga. Özim kirib yeçib çiqaman desa, kamera va körinmas quloqçin beriladi hamda qanday işlatilişi tuşuntiriladi. Bir kun oldin repetitsiya böladi. Ikkinçi kuni uni bizning odamlarimiz imtihonga olib boradi. Eşik tagida ham, içkarida ham, Migratsiya agentligida ham odamlarimiz bor. Qölidagi kamera orqali savollar bizning planşetga kelib turadi, biz javoblarni aytamiz.
Ikkinçi yöli, agar men kamera olib kirolmayman, qörqaman desa, örniga odam kiritamiz. Faqat bunda talabgor imtihonga kirib çiqqan kunning özida 6 000 dollar berişi kerak.
Migratsiyada odamlarimiz bor, ikkinçi bosqiçda, suhbat paytida ularning qölida röyxat böladi, şunçaki kirib çiqişadi. Muammo qilişmaydi, sababi yegan oğiz uyaladi”, degan suhbat davomida yuboruvçi “uçar”.
Mehnat qilib til örganganlar-çi, nega ular köp hollarda imtihonni a’lo topşirgan taqdirda ham ketolmay qolyapti? Yuboruvçi “taşkilot”ning tuşuntirişiça, buning sababi – korrupsion pullarni berganlar prioritetda turadi – avvalo ular Janubiy Koreyaga ketişga haqli.
Darvoqe, şu kunlarda tölov 12 ming dollarga çiqibdi.
Bu işlar oqibatida til bilmaydiganlar özga davlatga işga boradi va tabiiyki, u yerda ular na iş beruvçining, na öşa davlatning talablarini köngildagidek bajara oladi. Otning kallasidek pulni berib, niyatiga erişganlarning aksari u yerga qarzga botgan holda yetadi va tezroq qarzini uzişga urinadi. Muqim iş joyini taşlab, nolegal tarzda köproq haq tölaydigan joyni izlaşga moyil böladi. Özbekistondan borgan mehnat migrantlariga nisbatan Koreya iş beruvçilarining munosabati şunga mos şakllanadi. Oqibatda Özbekistonga kvota soni köpaytirilmaydi.
















