Prezident Şavkat Mirziyoyev Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot banki boşqaruvçilarining Samarqand şahrida ötgan yillik konferensiyasida nutq sözladi. Davlat rahbari öz sözida uçta yönalişdagi ustuvor qadamlarga töxtaldi.

“Birinçi. Mamlakatimizda investitsiya va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, investorlarga yanada qulay şaroitlar yaratişni yaxlit tizim asosida amalga oşiramiz.

Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşi çet ellik sarmoyadorlar bilan bevosita muloqotni yölga qöyib, özaro manf́aatli loyihalar va uzoq muddatli strategiyalarni birgalikda işlab çiqişda hal qiluvçi böğin böladi.

Heç şubhasiz, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan birga taşkil etilgan uşbu muloqot platformasi biz uçun yangi tajribalar orttirişga xizmat qiladi va qöşimça imkoniyatlar yaratadi, islohotlar jarayonida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etişga kömaklaşadi.

Investorlar qayerda bölmasin, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida taşkil etilgan “yagona darça” orqali – 14 ta hudud, 208 ta tuman va şaharda hamda Özbekistonning xorijdagi barça diplomatik vakolatxonalarida ularga zarur kömak va xizmatlar körsatiladi.

Şuningdek, yil yakunigaça xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda tariximizda ilk bor Xalqaro tijorat sudi faoliyati yölga qöyiladi.

Ikkinçi. Biz tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat bozorlarini yanada erkinlaştiriş siyosatini jadal davom ettiramiz. Jumladan, dunyodagi işlab çiqariş zanjirlariga qöşiliş maqsadida Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş uçun katta qadamlar taşladik. Uşbu yönalişda bu yil salmoqli natijalarga erişamiz, deb işonaman.

Uçinçi. Ortiqça byurokratiyani qisqartiriş va korrupsiyani tag-tomiri bilan yöq qiliş bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning diqqat markazida böladi.

Bu borada boşlangan ma’muriy islohotlarni izçil davom ettirib, inson va biznesga kömaklaşadigan, ularga sifatli xizmat körsatadigan ixçam va samarali davlat boşqaruv tizimini joriy etamiz”, – dedi prezident.