May oyi boşida Kun.uz’ga farzandlari poytaxtning Çilonzor tumanidagi 230-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotiga qatnovçi bir guruh ota-onalar murojaat qilib, boğçada qizlari bilan boğliq xunuk holat sodir bölganini ma’lum qilişgandi. Ular boğça mudirasining öğli bolalar uxlab yotgan xonaga kirib, qizlarini qörqitib yeçintirganini va tegajoğlik qilganini bildirişgan.
Voqea tafsilotlari OAVda yoritilgaç, Toşkent şahar IIBB 2008 yilda tuğilgan yigit Jinoyat kodeksining 119-moddasida közda tutilgan jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgani, ayni paytda tergov harakatlari davom etayotganini, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi esa boğça mudirasi vazifasidan ozod etilganini, Boş prokuratura boğça bolalariga nisbatan sodir etilgan jinoyat işi tergovi qat’iy nazoratga olinganini bildirgandi.
Jabrlangan qizaloqlardan birining otasi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ta’kidlaşiça, tergov işlari sust olib borilyapti.
“Iş boşlangandan beri 3 marta tergovçi almaşdi. 2 hafta oldin bolalarimizni tergovçi va psixologlar bilan gaplaşişga olib borib kelgandik. Undan keyin yana psixiatr bilan uçraşamiz deyişgandi. Işlar sust, gumondagi bola oçiqda. Isbot va dalil kam, degan gaplar bor. Yopti-yopti qilişsa kerak hammaning esidan çiqqanida.
Sud tibbiy ekspertizasi natijalari bilan bizni taniştirişmadi. Bu narsalarni faqat advokatga berişar ekan yoki iş yakunlangaç xulosani taqdim qilişar ekan. Advokat yollaşga esa ayni paytda mablağimiz yöq”, — deydi qizning otasi.
Toşkent şahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Madiyeva u bilan boğlangan Kun.uz muxbiriga bu iş doirasida tergov davom etayotganligini, hali yakuniy qaror qabul qilinmaganligini, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zöravonlik bilan boğliq bölganligi uçun tergov va sud yopiq holatda olib borilişini ma’lum qildi.
Ma’lumot uçun, mudiraning öğli oldinroq tegişli tartibda uşlangani aytilgandi.
Agar qöyilayotgan ayblovlar öz tasdiğini topsa, sobiq boğça mudirasining 15 yoşli öğli uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilişi








