Poytaxtga taşilayotgan ölaksa göşt. Ular qayerlarda iste’mol qilinmoqda?
|20:02 / 31.05.202357 10212 min
Toşkent şahri Özbekistonning iste’molga yaroqsiz göşt mahsulotlarini “hazm qiluvçi oşqozoni”ga aylanib bormoqda: keyingi vaqtlarda viloyatlardan poytaxtga ölaksa göşt taşuvçilar köpaydi. Birgina 2022 yilda Toşkent şahriga olib ketilayotgan tonnalab ölgan yoki kelib çiqişi noma’lum bölgan hayvon göşti yöllarda töxtatib qolingan. Töxtatib qolinmagani esa bundan bir neça baravar köp bölişi mumkin.
Iste’molga yaroqsiz, kelib çiqişi noma’lum, hatto harom ölgan mol göştini 3-4 söm pul böladi deya poytaxtga keltirib sotişni öylaydiganlar köpaydi. Qonunçilikda bunday qilmiş uçun oğirroq jazo belgilanmagani esa ayrim şovvozlar bu tubanlikni kasb qilib olişiga sabab bölyapti. Albatta, “taklif”ning ortişi “talab” borligidan dalolat: Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasiga köra, bunday göştlarning asosiy xaridori umumiy ovqatlaniş şoxobçalari hamda “kolbasa sex”lari hisoblanadi.
Özbekistonning “oşqozoni”ga aylangan Toşkent
19 may kuni Kökdala tumanida “Qarşi-Samarqand” yönalişi böyiça harakatlanayotgan fuqaro I.X.ning “Cobalt” maşinasida 929 kg kelib çiqişi noma’lum bölgan hayvon göşti töxtatib qolingan. U uşbu göştni pullaş maqsadida Toşkent şahriga olib ketayotgani aniqlangan.
Agar qariyb 1 tonna iste’molga yaroqsiz uşbu göşt töxtatib qolinmaganida, poytaxtgaça yetib kelgan va qaysidir oşxonada ovqat bölib, xörandalar tomonidan yeyilib ketgan bölardi.
Afsuski, bu kelib çiqişi noma’lum göşt sotiş maqsadida Toşkent şahriga olib kelinayotib, yölda uşlab qolingan ilk holat emas. Poytaxtga bunday göşt taşişda Qaşqadaryo va Buxoro viloyatlari “yetakçilik” qiladi.
Birgina 2022 yilda “Qaşqadaryo-Toşkent” yönalişidagi holatlar: yanvar oyida 230 kg, mart oyida 900 kg va yana bir holatda 1256 kg, aprel oyida
1 tonna iste’molga yaroqsiz göşt olib ketilayotgani aniqlangan.
Poytaxtga kelib çiqişi noma’lum bölgan göşt taşişda Buxoro viloyati ham ança “faol”. Masalan, 2022 yilning noyabr oyida buxorolik 37 yoşli Akmal ismli şaxs ölgan (!) qoramol göştini sotib, daromad qilmoqçi bölgan. U göştni taksiga yuklab, Toşkent şahrida tanişi kutib olişini aytgan. Poytaxt tomon jönatilgan yaroqsiz göşt esa “Samarqand” YPX maskanida töxtatib qolingan.
Yana bir holatda Navoiy viloyat IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlaş guruhi hamda veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda 2023 yil 14 mart kuni tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida Qoraköl tumanida yaşovçi fuqaro sotiş maqsadida Buxorodan Toşkent şahriga 1 tonna iste’molga yaroqsiz göşt olib ketayotgani aniqlangan.
Xato qayerda?
Yuqoridagi holatlarning aksariyatida uşbu tubanlikka qöl urganlar tegişli organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir yoki reydlarda “qölga tuşib qolişgan”. Demak, tadbir ötkazilmaydigan oddiy kunlarda tonnalab ölaksa göşt YPX maskanlaridan ötib, poytaxtga kirib kelayotgan bölişi mumkin. Ölgan mol göştini ortib olgan maşina Buxoro yoki Qaşqadaryodan yölga çiqib, Toşkent şahriga bemalol kirib kela olişi masalaga tegişli sohalarning faoliyat tizimida xatolik borligidan dalolat, aslida.
Birinçidan, veterinariya va çorvaçilik sohasida nazorat tizimi deyarli yöq, işlamaydi: qaysi qişloqda kimning moli harom ölib qolganini soha vakillari bir oy ötib ham bilmaydi, bilolmaydi.
Ikkinçidan, çorvaçilik sohasini raqamlaştiriş işlari ölda-jölda. 2017 yil sentabr oyida hukumatning “Hayvonlarni identifikatsiya qiliş, ularni hisobga oliş, hisobdan çiqariş va saqlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi qaror qabul qilingandi. Qaror bilan tegişli Nizom ham tasdiqlangan. Unga köra, identifikatsiya qilingan hayvonlar töğrisidagi ma’lumotlar bazasi yagona elektron axborot tizimi orqali şakllantirilişi közda tutilgandi.
Elektron axborot tizimiga hayvonlarning turlari, identifikatsiya raqami, zoti, jinsi, laqabi, kelib çiqiş joyi, tuğilgan sanasi, egasining ismi-şarifi, saqlaniş joyi, agar egasi almaşgan bölsa bu haqidagi ma’lumotlar, söyilgan yoki nobud bölgan, yöq qilingan sanasi, hayvonlarning göştidan (jasadidan) iste’mol uçun foydalanilgani yoki ularning zararsizlantirilgani (yöqotilganligi) töğrisidagi ma’lumotlar kiritilişi şart qilib körsatilgandi.
Nizomda qoramol, qöy va eçkilar, tuyalarning bolalari tuğilganidan ön tört kundan keyin bir oylikdan keçikmasdan, qulunlar va xötiklar tört oyligidan hisobga olinişi belgilangan. Yoki hayvon egalari hayvon söyilganda (nobud bölganda, yöq qilinganda) hayvonning identifikatsiya raqamini saqlovçi atribut va veterinariya pasportini yetti kun muddatda doimiy yaşaş yoki vaqtinça turgan manzili böyiça davlat veterinariya xizmatining vakiliga hisobdan çiqariş uçun taqdim qilişi kerak edi.
Şu asosida VIS-CHINOR identifikatsiya qilingan hayvonlar yagona elektron ma’lumotlar bazasi axborot tizimi işlab çiqilgan hamda 2020 yil iyul oyida işga tuşirilgan.
Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi Kun.uz’ga taqdim qilgan ma’lumotda ta’kidlanişiça, hozirgi kunda tizimda jami 500 mingga yaqin hayvon röyxatga olingan, röyxatdan çiqarilgan hayvonlar soni esa 55 mingdan ortiqni taşkil etmoqda. Mamlakatda 10 mln boşdan ortiq qoramol, 20 mln boşdan ortiq qöy va eçki, minglab ot va tuyalar boqilayotgani hisobga olinsa, ötgan 3 yillik faoliyat uçun bu juda kiçik raqam. Demak, qöy-eçkini-ku qöyaturaylik, aholi xonadonlarida boqilayotgan millionlab boş qoramollar “nazoratsiz”: söyildimi, harom öldimi, harom ölgan bölsa qay tartibda yöq qilindi, söyilgan bölsa qayerda söyildi, kabi savollarga javob topilmaydi.
Uçinçidan, göştning iste’molga yaroqli ekani haqida rasmiy hujjat olişda korrupsiya holatlari borligi.
Masalan, bundan bir neça yil oldin Navoiyda ölgan hayvonlar göştini barra göşti körinişida sotgan ota-bola uşlangandi. Tekşiruv vaqtida Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimi 1 mln sömga qassobga iste’mol uçun yaroqsiz 892 kg göştni sotişga tegişli ruxsatnomani rasmiylaştirib bergani aniqlangan. Bu kabi holatlar hozirgi kunda yöq deya aytiş qiyin.
Törtinçidan, qassoblarning nazoratsizligi: qaysi qassob qaçon va qayerda qanday hayvon söyganini biliş imkonsiz. Hovlilarda eşak söyib yurilgan holatlar ham uçrab turibdi.
Aslida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 maydagi qarori bilan hayvonlarni tijorat maqsadlari uçun ixtisoslaştirilgan va mini söyiş korxonalarida söydiriş majburiyligi belgilangan. Ruxsat etilmagan joylarda, şu jumladan uy şaroitida hayvonlarni tijorat maqsadlari uçun söyiş qat’iyan taqiqlanadi. Ammo bu taqiqni kim nazorat qilişi mavhum.
Beşinçidan, yuqoridagi holatlarning birortasida tezkor tadbir davom ettirilib, sotuvçi bilan teng ravişda aybdor bölgan xaridor aniqlanmagan. Aslida, xaridor bölmasa, sotuvçi şunça yöl bosib, viloyatdan poytaxtga ölaksa göşt taşib kelmaydi. Xaridorlarni aniqlab, ularga keskin çoralar köriş orqali zanjirning “talab” qismi uzib taşlanmas ekan, “taklif” bölaveradi.
Ölaksa göştning xaridorlari kim?
Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi boşqarma boşliği Salohiddin Hasanovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, dehqon bozorlarida iste’molga yaroqsiz göştlarni sotiş holatlari deyarli uçramaydi.
“Viloyatlardan sotiş maqsadida Toşkent şahriga iste’molga yaroqsiz göşt mahsulotlari olib keliş holatlari uçrab turadi. Noma’lum joyda söyilgan, ölgan va kelib çiqişi noma’lum hamda birlamçi veterinariya hujjatlari mavjud bölmagan, veterinariya-sanitariyasi talablariga javob bermaydigan har qanday göşt mahsulotlari iste’molga yaroqsiz hisoblanadi.
Bunday göştlarni asosan umumiy ovqatlaniş şoxobçalari va göştni qayta işlovçi ba’zi korxonalarda realizatsiya qiliş ehtimoli köp. Dehqon bozorlarida veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi xizmati mavjudligi bois iste’molga yaroqsiz göştlarni sotiş holatlari deyarli uçramaydi.
Ötgan 2022 yilda 7 796 holatda jami bölib 73,4 tonna göşt va 2,7 tonna sut mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aniqlanib, brakka çiqarilgan.
Içki işlar vazirligining Karantin tadbirlarini ta’minlaş boşqarmasi bilan hamkorlikda viloyatlararo yöl transporti postlarida reydlar ötkazib borilmoqda. Aniqlangan holatlar böyiça Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddasiga köra jarima çoralari qöllanadi. Jumladan, 2022 yil davomida 22 679 holatda veterinariya-sanitariya qoida va normalarini buzgan fuqarolarga nisbatan bayonnomalar rasmiylaştirilib, 240,8 mln söm miqdorida jarimalar qöllangan”, — deydi Salohiddin Hasanov.
Belgilangan jazo ança yengil
Qaşqadaryoda eşak söyilgan xonadon aniqlangan va uni söygan şaxsga BHMning 3 barobari miqdorida (öşa vaqt böyiça 900 ming söm) jarima jazosi tayinlangan. E’tiborlisi, mazkur şaxsga MJtKning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Toşkentga ölgan mol göştini taşiyotgan şovvozlarning aksariyati mabodo uşlanib qolsa ma’muriy bayonnoma bilan qutulib ketaveradi. Tölaydigan jarimasi esa nari borsa 5-10 kg göşt narxiga teng bölişi mumkin. Sababi, ularga köp hollarda MJtKning 109-moddasi (veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buziş) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriladi. Uşbu moddaga köra, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik, epizootiyalarga qarşi kuraşiş çoralarini körmaganlik holati uçun fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining ikkidan bir qismigaça (hozirda 165 ming söm), mansabdor şaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigaça (165 ming sömdan 660 ming sömgaça) miqdorda jarima belgilanişi mumkin.
Mazkur turdagi qilmiş uçun Jinoyat kodeksining 186-moddasini (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) ham qöllaş mumkin. Unga köra, iste’molçilarning hayoti yoki soğliği xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş, bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.
Iste’molga yaroqsiz göştni poytaxtga keltirib, yaxşigina pulga pullab yurganlar uçun bu yengil jazo. Sababi, ölaksa göşt qotib qolgan non yoki biroz çirigan kartoşka emas, u inson salomatligiga jiddiy salbiy ta’sir ötkazişi mumkin.
Yöl poylaş masalaga yeçim emas
Faqatgina yölni poylagan bilan iş bitmaydi. Uşbu masala qattiq nazoratga olinib, kelib çiqişi noma’lum bölgan göştni sotayotganlar ham, uning iste’molga yaroqsizligini bilgan holda kötarasiga olayotgan xaridorlar ham jiddiyroq jazoga tortilişi kerak.
Şuningdek, Veterinariya va çorvaçilik qömitasi sohani nazorat qiliş borasida tezroq amaliy işga ötmas ekan, poytaxtliklar hali köp yillar özlari bilmagan holda “kelib çiqişi noma’lum bölgan hayvon” göştini iste’mol qilib yurişiga töğri keladi.