Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida joylaşgan “Umakay” muntazam YPX maskanida Toşkentga olib ketilayotgan 230 kilogramm kelib çiqişi noma’lum bölgan göşt töxtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 30 yanvar kuni soat 01:40 larda Qaşqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlaş guruhi xodimlari YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Çiroqçi tumani hududida joylaşgan, “Umakay” muntazam YPX maskanida Qaşqadaryo-Toşkent yönalişida harakatlanayotgan Cobalt töxtatilgan.

Koson tumanida yaşovçi, fuqaro H.O‘. boşqaruvida bölgan maşina tegişli tartibda közdan keçirilganda, uning yukxonasida qoplarga joylaştirilgan, heç qanday veterinariya-sanitariya hujjatlarisiz, sanitariya-gigiyena talablariga zid ravişda, kelib çiqişi noma’lum bölgan taxminan 230 kilogramm göşt mahsulotlari borligi aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur göşt mahsulotlari belgilangan tartibda viloyat veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasiga topşirilgan.
Qaşqadaryoda Nexia maşinasida olib ketilayotgan yaroqsiz göşt yöq qilindi

















