Navoiy viloyati IIB axborot xizmati “Samarqand” YPX maskanida Buxorodan poytaxtga sotiş maqsadida olib ketilayotgan iste’molga yaroqsiz göşt töxtatib qolingani haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, buxorolik 37 yoşli Akmal ismli şaxs nobud bölgan qoramol göştini sotib, daromad qilmoqçi bölgan. U göştni taksiga yuklab, Toşkent şahrida tanişi kutib olişini aytgan. Poytaxt tomon jönatilgan yaroqsiz göşt “Samarqand” YPX maskanida içki işlar xodimlari tomonidan aniqlangan.
Göşt yaroqlilik darajasini tekşiriş maqsadida Navoiy viloyati veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarmasiga qaraşli taşxis markaziga olib borilgan. Laboratoriyaning birlamçi tekşiruv natijalariga köra esa u iste’molga yaroqsiz deb topilgan.
Qaşqadaryodan Toşkentga olib ketilayotgan qariyb 1 tonna iste’molga yaroqsiz göşt yöq qilindi












