Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 30 may kuni soat 23:30 larda Qaşqadaryo-Toşkent yönalişida harakatlanib kelgan Cobalt maşinasi viloyat IIB JXX JTSB Karantin bölinmasi va YHXB xodimlari tomonidan Kökdala tuman hududida joylaşgan “Umakay” muntazam YPX maskanida töxtatilgan.

Çiroqçi tumanida yaşovçi D.A. boşqaruvida bölgan maşina yukxonasi tegişli tartibda közdan keçirilganda u yerda tegişli veterinariya ma’lumotnomasi bölmagan, kelib çiqişi noma’lum bölgan, 830 kilogramm oğirlikdagi göşt borligi aniqlangan.

Mazkur göşt viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida tekşirib körilganda iste’molga yaroqsizligi ma’lum bölgan.

Avvalroq, Sirdaryo viloyatida Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlaridan Toşkentga olib ketilayotgan 1 tonnadan oşiq iste’molga yaroqsiz göşt töxtatib qolingandi.