IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 15 mart kuni Sirdaryo viloyatidagi muntazam post-patrul maskanlaridan birida Qaşqadaryo-Toşkent yönalişida harakatlanib kelayotgan Cobalt maşinasi töxtatilganda haydovçida tegişli hujjatlar yöqligi ma’lum böladi.

Şundan söng maşina yukxonasi va saloni tekşirib körilganda u yerda 1 tonna 256 kilogramm noma’lum hayvon göşti borligi aniqlanadi.

Cobalt’ga ortilgan göşt viloyat hayvonlar kasalliklari taşxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazida laboratoriya teşiruvidan ötkazilganda iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum böladi.

Dastlabki suriştiruvda haydovçi maşina va unga ortilgan göşt öziga tegişli emasligini aytgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan «Umakay» muntazam YPX maskanida Nexia maşinasi bilan Toşkentga olib ketilayotgan 900 kilogramm iste’molga yaroqsiz göşt töxtatib qolingandi.