Xitoy yetakçisi Si Jinping yuqori lavozimli milliy xavfsizlik amaldorlarini «eng yomon vaziyat ssenariylari» haqida öylaşga va «böronli dengiz»ga tayyorlanişga çaqirdi. 

CNN xabariga köra, bu bayonot Xitoy rasmiylari har qanday içki va taşqi tahdidlarga qarşi kuraşni kuçaytirayotgan bir paytda yangragan. 

«Hozir biz duç kelayotgan milliy xavfsizlik muammolarining murakkabligi va qiyinçiliklari sezilarli darajada oşdi. Biz eng yomon ssenariyga, kuçli şamol va tölqinlar, böronli dengizlar sinoviga tayyor bölişimiz kerak», dedi Si partiya milliy xavfsizlik komissiyasi yiğilişida. 

Uning sözlariga köra, «qiyin va jiddiy» vaziyatda Xitoy milliy xavfsizlik kuçlari va vositalarini modernizatsiya qilişni tezlaştirişi, ularning «haqiqiy jangovar» vaziyatda amaliy samaradorligini oşirişga e’tibor qaratişi kerak. 

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Si ön yil oldin hokimiyat tepasiga kelganidan beri, milliy xavfsizlikni Xitoy boşqaruvining barça jabhalariga singib ketgan asosiy paradigmaga aylantirgan. 

Xitoy rahbari siyosat, iqtisod, mudofaa, madaniyat va ekologiyadan tortib, kibermakongaça bölgan barça sohalarni qamrab olgan milliy xavfsizlik konsepsiyasini kengaytirdi. Konsepsiya dengiz tubidan va qutb mintaqalaridan tortib koinotgaça, şuningdek, katta ma’lumotlar bazasi va sun’iy intellektni qamrab oladi, deb yozdi CNN. 

Avvalroq, AQŞ Havo mobillik qömondonligi rahbari, general Mayk Minigan Qöşma Ştatlar va Xitoy 2025 yilda Tayvan uçun uruş boşlaşi mumkinligini taxmin qilgan edi. 

Şuningdek, AQŞ harbiy-dengiz operatsiyalari qömondoni admiral Maykl Gildey yaqin yillarda Xitoy va Tayvan örtasida mojaro boşlanişi mumkinligini başorat qilgan edi.