Temiryöllardan foydalaniş qoidalariga köra, relslarning harorati +55 darajadan oşganda poyezdlar harakati tezligi pasaytirilişi, ya’ni relslarning harorati +60 darajagaça bölganda poyezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, +65 darajagaça 25 km/soatdan oşmasligi, +70 va undan yuqori darajada esa poyezdlar harakati taqiqlanişi belgilangan.

Poyezdlar harakati va yölovçilarning xavfsizligini ta’minlaş maqsadida, metropolitenning Yerusti halqa yöli va Sergeli yöli uçastkalarida havo harorati kötarilişi kuzatilgan vaqtlarda poyezdlar harakati tezligiga vaqtinça çeklov joriy etiladi.