Prezident Jo Bayden ma’muriyati Janubiy Afrikadagi (JAR) elçisidan ğazablandi va diplomatning bayonotlaridan söng, bu mamlakat bilan munosabatlarni saqlab qoliş uçun bor kuçi bilan harakat qilmoqda. Bu haqda Amerikaning Politico naşri yozdi.
May oyida elçi Ruben Brigetti bayonot berib, Janubiy Afrika Rossiya kemasiga qurol yukini sotganini aytgan edi. Şuningdek, u Janubiy Afrika hukumatini «xunuk» aksilamerikanizmda aybladi va mamlakatning «betaraf»ligini şubha ostiga qöydi.
«Bu AQŞ rasmiysining hayratlanarli bayonoti edi. Aslida AQŞ hukumati Rossiyani global yakkalab qöyişga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida Janubiy Afrikaga mulozamat qilişga urinayotgan edi», deb yozdi naşr.
Ba’zi kuzatuvçilar Brigetti xatti-harakatlariga ijobiy munosabatda bölib, AQŞ Janubiy Afrikaning rossiyaparastligini e’tibordan qoçirmasligi kerak, deb hisoblamoqda. Boşqalari esa, elçi aytgan ayblovlar börttirilgan va uzoq muddatda Amerika manfaatlariga zarar yetkazişini aytmoqda.
Bayden ma’muriyati darğazab janubiy afrikaliklarni tinçlantirişga uriniş va öz elçisini oçiqçasiga qoralaşni istamaslik örtasida muvozanatni saqlaşga harakat qildi. Biroq, jurnalistlar bilan suhbatlaşgan AQŞ rasmiylari Brigettining xatti-harakatlari va uning ayblovlari mohiyatini yoqtirmasligini aniq aytgan.
Qayd etilişiça, elçi bunday gapiriş uçun rasman ruxsat olmagan. Bundan taşqari, Brigetti keltirilgan ma’lumotlarni göyo Qöşma Ştatlarga ayon ekanini aytib, börttirib yuborgan.
May oyida Qöşma Ştatlarning Janubiy Afrikadagi elçisi Ruben Brigetti jurnalistlarga Rossiyaning «Lady R» yuk kemasi dekabr oyida Keyptaundagi Saymonstaun harbiy-dengiz bazasidan qurol olib ketganini aytdi. U öz sözlarining qançalik rost ekanini «hayoti bilan qasam içib» tasdiqladi. Janubiy Afrika hukumati bu ayblovlarni rad etib, uni tanqid qildi.
Prezident Siril Ramafosa Rossiya kemasining Keyptaun portiga kirişi böyiça barça holatlar va u olib ketgan yuk xarakterini aniqlaş uçun maxsus komissiya tuzdi.
Hozirça, uşbu komissiyaning xulosasi e’lon qilinmadi.









