Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili – Ombudsman Böka tumanida sodir bölgan holat tergov jarayonlarida hanuz qiynoqlar qöllanayotganini tasdiqlaşini ta’kidlagan. Şu bilan birga, taşkilot bayonotida fuqaro vafot etişi bilan, ekspertiza natijalariga köra jinoyat işi qözğatilib, aloqador xodimlar hibsga olingani ijobiy baholangan.

“Aslida biz huquqlarimiz himoyaçisi sifatida biladigan huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari orasida Bökadagi holat misolida qonunga xilof iş köruvçi xodimlar borligi juda açinarli. Tizimda işlovçi barça xodimlar şunday degan fikrdan yiroqmiz, sönggi yillarda qiynoqqa qarşi kuraşiş borasidagi islohotlarni e’tirof etişimiz lozim. Lekin davlat siyosatiga qarşi turib, öz xizmat faoliyatida ruhiy va jismoniy qiynoqqa yöl qöyayotgan “xodimlar” bor ekan, fuqarolarda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga nisbatan işonçsizlik yuzaga keladi”, — deyiladi bayonotda.

Şuningdek, ombudsman jamiyat tanasidagi kasallik bölgan qiynoqlarni davolaş uçun avvalo şaffoflik ta’minlanişi kerakligini ta’kidlagan: Aynan şaffoflik — qiynoqlarning barvaqt oldini olişning ta’sirçan vositalaridan biri.

“Töğri, qiynoq köplab rivojlangan davlatlarning ham global muammolaridan biridir. Qiynoq insonning fundamental huquqlari buzilişi hisoblanadi. Mutaxassislarning fikriça, qiynoq insonga uzoq muddatli psixologik ta’sirga ega bölgan, şaxs sifatida yöq qilişga qaratilgan xatti-harakat sifatida baholanadi. Inson qadri tamoyili ustuvor bölgan Özbekiston qiynoqqa qarşi kuraşiş böyiça özining mustahkam va keskin pozitsiyasiga ega. Sönggi yillarda qiynoq holatlariga yöl qöygan xodimlarga nisbatan jazo çoralari oğirlaştirilib, hattoki, ularga nisbatan afv qöllanmasligi qat’iy belgilab qöyildi.

Qolaversa, mansabdor şaxslarning noqonuniy harakatlari uçun javobgarlikka tortiş maqsadida qonunçilikka alohida modda kiritilgan va qiynoqni qöllagan şaxsga nisbatan oğirlaştiruvçi normalar qöllanişi belgilangan. Jinoyat kodeksining 235-moddasi qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş uçun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi”.

Oliy Majlis vakili, şuningdek ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qiynoq qöllanganiga oid xabarlar joyiga çiqib örganilayotgani, qiynoq alomatlari mavjud bölgan hollarda iş körib çiqiş uçun prokuratura organlariga yuborilayotganini ta’kidlagan.

“Bökadagi holat ham Ombudsman nazoratida böladi. Gumonlanuvçi yoki ayblanuvçilar suriştiruv va tergov jarayonida kaltaklanib, vafot etişi mumkin emas. Kuç işlatiş uslubidan foydalangan xodimlarni aniqlaş va ularga qat’iy çora köriş, tizimdagi xodimlar malakasi va faoliyatini birma-bir tahlil qiliş, zöravonlar va sustkaşlardan voz keçiş kerak. Zero, bugungi davlat siyosati inson qadrini uluğlaşga qaratilgan. Şu nuqtayi nazardan bu boradagi qadamlar izçil bölişi lozim. Biz aybdor şaxslarni qat’iy jazoga tortişga çaqiramiz”, — deyiladi Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili rasmiy bayonotida.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 29 may kuni özini Çilonzor tuman IIB binosi 4-qavatidan taşlab yuborgani aytilayotgan 21 yoşli yigit vafot etdi. 4 iyun kuni esa Böka tumani IIB tezkor xodimlari 36 yoşli yigitni qiynab öldirişgani ma’lum böldi. Rasmiylar Çilonzor IIBda vafot etgan yigitning özini ayblayotgan bölsa, Böka tumanidagi fojiada tezkor xodimlarning qöli borligi tan olindi.