Statistik ma’lumotlarga qaraganda, sönggi olti yilda Özbekiston aholisi 12 foizga, sanoat korxonalari 2 barobarga ortib, 45 mingdan 100 mingtagaça köpaygan. Natijada, elektr energiyaga bölgan talab 35 foizga oşib, har yiliga bu körsatkiç 6 foizdan ösib bormoqda. Ayniqsa, kutilmagan iqlim özgarişlari oqibatida havoning qişda juda sovuq, yozda esa anomal issiq bölişi, respublika iqtisodiyoti va aholisi tomonidan elektr energiya va tabiiy gazga bölgan ehtiyojning keskin ortişiga olib kelyapti.

Mazkur dolzarb masalaning ayni şu jihatlarini inobatga olgan holda davlat rahbarining parlamentga murojaatnomasida ham bir neça bora «yaşil energiya»ga ötiş, ya’ni muqobil energiya manbalarini jadallik bilan joriy etiş vaqti kelgani ta’kidlangandi. Bu esa birinçi navbatda, köp qavatli uylar, ijtimoiy soha obektlari, davlat idoralari va tadbirkorlik binolarining tom qismi, sanoat zonalari, avtoturargohlar va yirik suv inşootlari hududlarida quyoş panellarni örnatiş bilan boğliq edi.

Uşbu taşabbusdan kelib çiqqan holda “Turonbank” ATB ham respublika miqyosida faoliyat olib borayotgan 20 ta bank xizmatlari markaziga quyoş panellarini örnatdi. Umumiy hisobda barça ma’muriy binolarga 545 vattlik 1738 dona quyoş panellari joylaştirilgan bölib, ulardan yiliga 1 mln 827 ming 392 kilovatt soat qöşimça elektr energiyasini oliş rejalaştirilgan. Buning natijasida moliya muassasasining barça bölinmalari orqali yillik sarf qilayotgan energiyaning qariyb 40 foizidan ortiği qoplanişi közda tutilmoqda. 

Mazkur işlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi «Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oşiriş, energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etiş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişning tezkor çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori hamda 2022 yil 9 sentabrdagi «Energiya tejamkor texnologiyalar örnatiş va kiçik quvvatli qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmoni asosida amalga oşirilmoqda.

Ahamiyatli jihati şundaki, davlat rahbarining “2023 yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini va energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori natijasida öz xonadoniga quyoş paneli örnatgan aholi ehtiyojidan ortiğini har bir kilovatt uçun 1 ming sömdan sotişi mumkin böldi. Har oyda hisob-kitob qilingan mablağlar, xonadon egasining plastik kartasiga ötkazib beriladi. Qolaversa, quyoş panellarini örnatgan fuqarolar yer va mol-mulk soliğidan ozod qilinişlari ham uşbu huquqiy hujjatda keltirilgan.