Vazirlar Mahkamasining “Yoşlar daftari”ga kiritilgan talabalar uçun davlat taşkilotlarida iş haqi tölanadigan stajirovka tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi bilan “Yoşlar daftari”ga kiritilgan talabalarning davlat idoralarida haq tölanadigan stajirovka ötaşi töğrisida nizom tasdiqlanmoqda.

Uşbu nizom orqali Mehnat kodeksi, “Ta’lim töğrisida”gi qonunga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalarining “Yoşlar daftari”ga kiritilgan talabalarining davlat idoralarida haq tölanadigan stajirovka ötaş tartibi belgilanmoqda.

Loyihada:

  • stajirovkani barça bosqiçlarda taşkil etiş stajyorning kasbiy faoliyatni özlaştirişning uzluksizligi va izçilligini ta’minlaşga qaratilgan bölişi;
  • nogironligi bölgan şaxslar uçun stajirovka ötaş ularning individual imkoniyatlari va soğliğining holatini hisobga olgan holda taşkil etilişi;
  • stajyor uçun sinov muddati belgilanmasligi;
  • stajyorlarni iş vaqtidan taşqari işlarga jalb etişga, şuningdek, işlanmaydigan bayram kunlarida işlaşiga yöl qöyilmasligi;
  • davlat taşkilotlarida stajirovkadan ötayotgan stajyorlarning mehnatiga haq tölaş miqdorlari;
  • qabul qiluvçi taşkilotning (stajirovka ötaş joyi) joylaşgan joyi stajyorning yaşaş joyidan yoki oliy ta’lim muassasasi joylaşgan joyidan taşqarida vaqtinça yaşaşini talab qilsa, stajyorni amaliyot ötaş joyiga boriş va turar joy bilan ta’minlaş (uy-joy uçun tölov) qabul qiluvçi taşkilot tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriş belgilanmoqda.

Bildirilişiça, loyiha qabul qilinişi natijasida talabalarning haq tölanadigan işlab çiqariş stajirovkasini taşkil etiş natijasida OTM bitiruvçilari bilim, könikma, kasbiy va şaxsiy kompetensiyalari oşişi hamda bandligi ta’minlanadi, ularning real işlab çiqariş şaroitlariga kasbiy moslaşuvi takomillaştiriladi.