Abituriyentlarga imtihon javoblari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoni berilishi mumkin
Keyingi o‘quv yillaridan abituriyentlarga hujjat topshirayotganda emas, imtihonga kirib, test natijalari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoniyati berilishi mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri mazkur tartib ustida ish boshlanganini aytdi.

Foto: KUN.UZ
Abituriyentlar test natijalari ma’lum bo‘lganidan so‘ng yo‘nalishlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda yangi o‘quv yiliga oid o‘zgarishlarga bag‘ishlangan suhbatda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.
Vazir suhbatda kelgusi yillardan OTMlarga qabulda kutilayotgan o‘zgarishlar masalasiga ham to‘xtaldi.
“Bu ham yangilik bo‘ladi. Hozir shuning ustida ishlayapmiz. O‘qishga hujjat topshirayotganda 5ta yo‘nalishni tanlaydi. Keyingi yildan imtihondan o‘tgach, test natijalari chiqqandan keyin yo‘nalishlarni tanlash imkoniyatini beramiz. Yangi islohot ustida Moliya, Mehnat va bandlik [hozirgi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi] vazirliklari bilan birga bu ishlarni rejalashtiryapmiz”, – dedi Abdurahmonov.
Vazirning izoh berishicha, bunday tartibga ehtiyoj abituriyentlar imtihonga yaqin qolganda fikrini o‘zgartirib, yo‘nalishini o‘zgartirishni so‘rab qolish holatlari ko‘paygani sabab yuzaga kelgan.
“Bu muammolar bor, abituriyent yo‘nalishini o‘zgartirishini so‘rab vazirlikka murojaat bilan kelgan vaziyatlar ham ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun yangi tartib haqida o‘ylayapmiz”, – dedi vazir.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi
Iqtisodiyot | 16:08
-
Mers: Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak
Jahon | 15:42
-
O‘zbekistondagi o‘rmon va yaylov yerlarining bir qismi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi
O‘zbekiston | 14:59
-
Yo‘llardagi kameralar faqat jarima yozishi emas, transport oqimini boshqarishi kerak – prezident
O‘zbekiston | 14:52
Mavzuga oid

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi

08:22 / 12.09.2023