2023 yilning 1 yanvarigaça qobiliyatini yöqotgan pul belgilari - 50 va 100 sömlik tangalarini, şuningdek, 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotlarni amaldagi pul belgilariga almaştirib oliş mumkin edi.
Markaziy bank matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, muomaladan çiqqan uşbu banknotlarni almaştiriş davom etadi.
“Tölov qobiliyatini yöqotgan, eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotlarni hamda 50 va 100 sömlik tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari orqali qabul qiliş va almaştirib beriş davom etadi”, - deyiladi regulyator xabarida.
Ma’lum bölişiça, Markaziy bank ayrim hududlarda tölov qobiliyatini yöqotgan banknotlarni almaştiriş yuzasidan fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlarni inobatga olib tölov qobiliyatini yöqotgan banknotlarni almaştirişni davom ettirişga qaror qilgan.
“Barça fuqarolar qölida qolib ketgan eski namunadagi tölov qobiliyatini yöqotgan yuqorida körsatilgan nominallardagi banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlarida amaldagi pul belgilariga erkin almaştirib olişlari mumkinligini ma’lum qilamiz”, - deyiladi MB xabarida.
Ma’lumot uçun, 2001-2002 yillar namunalaridagi 50 sömlik, 2004 va 2009 yil namunalaridagi 100 sömlik tangalar hamda 1994 yil namunasidagi 50 va 100 sömlik banknotlar 2019 yil 1 iyulgaça muomalada bölgan. Şuningdek, 1997 yil namunasidagi 200 sömlik, 1999 yil namunasidagi 500 sömlik banknotlar uçun bu muddat 2020 yil 1 iyulgaça belgilangan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda milliy valutaning 10000:1 nisbatda yangi pul belgilariga almaştirilişi hamda eski va yangi pul belgilari 2025 yilgaça parallel ravişda muomalada bölişi haqida xabarlar tarqalgandi. Markaziy bank denominatsiya haqidagi miş-mişlarni rad etib çiqdi.











