Oboymani kengaytiriş
«Arsenal» mavsumning finiş qismida sekinlaşib, yakunda baribir çempionlikka erişa olmaganining asosiy sababi sifatida zaxira örindiği keng emasligi keltiriladi. Oltin uçun poygada ustun kelgan «Mançester Siti»da röyxat ança kengroq — ha, Pep Gvardiola sönggi oylarda amalda bitta boşlanğiç tarkibdan foydalandi, ammo asosiy tarkib futbolçilarini öyin sur’atini tuşirmasdan zaxiraga oliş imkoniyati unda köproq edi.
«Arsenal» ötgan yozda ham tarkibni sezilarli darajada kuçaytirgandi. Çempionlik körgan Gabriel Jyezus va Oleksandr Zinçenkoning jamoada paydo bölişi ötgan mavsum ança muvaffaqiyatli keçişi omillaridan biri böldi. 35 million yevro evaziga «Portu»dan sotib olingan yarimhimoyaçi Fabiu Viyera rotatsiya futbolçisi vazifasini ötadi (APLda 22 öyin, ammo şundan faqat uçtasida startda va maydonda jami 499 daqiqa), ammo şuni e’tiborga oliş kerakki, 22 yoşli portugaliyalikning tarkib uçun raqobatçisi — «kanonirlar» sardori Martin Edegor hisoblanadi.
Muammo şundaki, startdagi futbolçilarni tölaqonli almaştiradigan zaxira futbolçilari yöq edi. Albatta, şu kunlarda vafot etgan Silvio Berluskonining ikki teng kuçli tarkib haqidagi sözlari — oddiy mif. Istalgan jamoada asosiy tarkib (13-14 kişi), asosiy oboyma (18-19 kişi) böladi va qolgani zaxira vakillari. Masala, asosiy tarkibga kirmaydigan, ammo oboymaga kiradigan futbolçilarda. «Arsenal»ga aynan şunday zaxira yetişmadi. Jamoa Gabriel Jyezusning jarohatini nisbatan oğriqsiz ötkazgan bölsa — Eddi Nketia gol urib turişni uddaladi, Uilyam Saliba mavsumning muhim qismida safdan çiqişi barçasini hal qildi. Uşbu markaziy himoyaçi ötgan mavsumda jiddiy ösdi va uning örnida öynatilgan Rob Holding uning darajasiga yaqin kela olmadi.
Aftidan, «Arsenal» rahbariyati bu muammoni aniq körgandi va yanvardagi transferlar — Jorjino va Leandro Trossar — aynan oboymani kuçaytirişga qaratilgandi. Ularning ikkisi ham yetarliça öyin amaliyotiga ega böldi va jamoaga foyda keltirişdi: Trossar yarim mavsumda 10 golli uzatmaga mualliflik qildi, Jorjino — 14 öyinda 852 daqiqa ötkazdi.

Rays
Bu yozda esa muskullarni östiriş böyiça işlar davom ettiriladi. Qolaversa, «Arsenal» bu mavsumda Çempionlar ligasida öynaşi kerak. Asosiy nişon — Deklan Rays. Yakunlangan mavsumda u sardor sifatida «Vest Hem» bilan Konferensiyalar ligasida (klub uçun sönggi 43 yillikdagi ilk sovrin) ğolib böldi, Angliya milliy jamoasining 2020 yilgi Yevropa çempionati va 2022 yilgi jahon çempionatidagi asosiy yarimhimoyaçisi sifatida öynadi. U «bolğaçilar» akademiyasining Rio Ferdinand va Frenk Lemparddan keyin yetiştirgan eng iqtidorli futbolçisi bölib çiqdi.









